112
Aktiv metkalarda shaxsiy ta’minot manbai hisobiga, chiqish
signalining sathi passiv metkalarga nisbatan yuqori.
Bu aktiv metkalarni
suvda, inson va hayvonlar tanasida, metallarda (kema konteynerlari,
avtomobillar), havoda katta masofada qo’llashga imkon beradi. Aktiv
metkalarni ishlab chiqarish katta mablag’ni
talab etadi va ularning
o’lchami katta.
Uzatish texnologiyalari RFID ning afzalliklari:
- qayta yozish imkoniyati.
RFID-chiplarda saqlanuvchi ma’lumotlar
ko’p marta qayta yozilishi va to’ldirilishi mumkin;
- saqlanuvchi ma’lumotlarning katta hajmi.
RFID-metka, shtrix-
kodga nisbatan, axborotni katta hajmini saqlashi mumkin. 1 sm
2
yuzali
chipda axborotning 10000 bayti, shtrix-kodda esa bayt birliklari saqlanishi
mumkin;
- oshkora ko’rinishiga ehtiyojning yo’qligi.
Shtrix-koddan farqli
holda, metka bilan o’qish vositasining o’zaro orientatsiyasining ahamiyati
yo’q. Metkaning ro’yxatga olish zonasiga
qisqa muddatga kirishi va,
xususan, katta tezlikda siljishi yetarli. Metka o’rov orqali o’qilishi
mumkin. Bu ularni yashirin tarzda joylashga imkon beradi;
- katta masofadan o’qilishi.
RFID-metka, shtrix-koddan farqli holda,
aytarlicha katta masofadan o’qilishi mumkin. O’qilish radiusi bir necha
yuz metrni tashkil etishi mumkin;
- tashqi omillar ta’siriga barqarorlik.
Maxsus RFID-metkalar ishchi
muhitning qat’iy sharoitlarida yetarlicha puxtalikka va chidamlikka ega.
Bitta ob’ekt ko’p marta ishlatiluvchi sohalarda radiochastotali metka
identifikatsiyaning, iqtisod nuqtai nazaridan,
eng foydali vositasi
hisoblanadi. Passiv RFID-metkalarning ekspluatatsiya muddati esa
chegaralanmagan;
- intellektuallik.
RFID-metka nafaqat ma’lumotlarni eltishi, balki
boshqa masalalarni ham echishi mumkin. Metkadagi ma’lumotlar
shifrlanishi mumkin. Bitta metkada bir vaqtda ochiq va yashirin
ma’lumotlarni saqlash mumkin.
Uzatish texnologiyalari RFID ning kamchiliklari.
- tizim narxining nisbatan yuqoriligi;
- elektromagnit xalallar ta’siriga zaifligi;
- RFID ning insonlar xususidagi axborotning
noqonuniy ishlatish
imkoniyati.