46
nuqtasiga yoki ethernet standartining simli lokal tarmog’iga berilishi
mumkin. Bu kabel foydalanishdan WiMAX ga o’tishda hudud yoki ofis
lokal tarmoqlarning mavjud infrastrukturasining saqlanishiga imkon
beradi.
Hozirgi vaqtda WiMAX texnologiya quyidagi ishlash rejimlarini
madadlaydi:
- Fixed WiMAX –belgilangan foydalanish – ko’p polosali simli
texnologiyalarga alternativa hisoblanadi. Bunda tarmoqning barcha
uzellari harakatsiz qoladi;
- Nomadic WiMAX – seansli foydalanish – mavjud Fixed
WiMAXga sessiyalar tushunchasi qo’shilgan. Sessiyalarning mavjudligi
mijoz uskunalarini sessiyalar orasida bemalol ko’chirishga va ulanishni
WiMAX ning boshqa minoralari yordamida tiklashga imkon beradi;
- Portable WiMAX – ko’chirish rejimida foydalanish. Ushbu rejim
uchun mijozni WiMAX ning bir bazaviy stansiyasidan ikkinchisiga
ulanishni yo’qotmay, avtomatik tarzda qayta ulash imkoniyati qo’shilgan.
- Mobile WiMAX – mobil foydalanish. Ushbu rejim mijoz
uskunasini ko’chirish tezligini 120 km/soatgacha ko’paytirishga imkon
beradi. Undan tashqari ushbu rejim signalning ko’p nurli tarqalishiga va
ulanishni yo’qotmasdan shaxsiy xalallarga barqaror.
MBWA-m 802.20 texnologiyasi. Internetdan mobil simsiz foydalanish
uchun yaratilgan. Shaharlarda, soni cheklangan bazaviy stansiyalarda
ishlashga mo’ljallangan WiMAX dan farqli holda, ushbu texnologiya
oddiy uyali tizimlarga juda uxshash va 1 Mbit/s dan yuqori tezlikda 3
GGs chastotalar diapazonidagi tezkor mobil ulanishlarga mo’ljallangan.
Ushbu texnologiya boshqa texnologiyalar orasida g’alati o’rinni egallaydi.
Bir tomondan uni WiMAX (802.16e)ning yaqin konkurenti deb atashadi,
ikkinchi tomondan u GPRS yoki CDMA2000ni o’rniga uyali aloqa
tizimida ishlatilishi mumkin. Bu endi WWAN. MBWA-m texnologiya
abonent terminallarining katta tezlikda (250 km/soat), to’g’ri ko’rinish
zonasidan tashqarida ko’chishida ham ishlashni ta’minlaydi.
MBWA-m ning uya doirasi 15 km gacha etishi mumkin. Radiokanal
polosasining kengligi- 1,25 MGs dan 40 MGs gacha.