olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan
yuqori bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida
marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing-tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning
yaxlit tizimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning
tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.
Marketingning maqsadi-eng yuqori iste’mol qoniqishi, iste’mol, turmush sifatini oshirish,
tovar va xizmatlarning keng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zarur
hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va samaradorligini
ta’minlash.
Menejment-ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish
maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va
tamoyillarining majmui.
Menejmentning asosiy maqsadi iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda
mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni
tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror holatini
ta’minlash hisoblanadi.