67
g) Ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli motorlarni ish-ga tushirishning
o‘ziga xos xususiyatlari.
Bunday motorlarni ishga tushirish parallel qo‘zg‘atishli motordagi kabi,
ishga tushirish reostati vositasida amalga oshiriladi, lekin o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorda ishga tushirish momenti parallel
qo‘zg‘atishlinikiga nisbatan katta bo‘ladi va (7.10) ifoda bilan aniqlanadi:
Bu momentning katta bo‘lishiga sabab, yakor chulg‘amidan o‘tuvchi
ishga tushirish tokining oshishi bilan, bu chulg‘amda ketma-ket ulangan
qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi ham o‘sadi. Ketma-ket
qo‘zg‘atishli motorlarning
bu xossasi ayrim elektr yuritmalarda, masalan,
yuk ko‘taradigan moslamalarda, tortish qurilmalarida va boshqa hollarda
katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ketma-ket
qo‘zg‘atishli
motorlarning
quyidagi
o‘ziga
xos
xususiyatlarini, ya’ni bu motorlarni salt ishlash holatida (valiga yuk
ulanmagan holatda) va shuningdek, yuklamaning miqdori nominalga
nisbatan 25% dan kam bo‘lgan hollarda, ishga tushirish qat’iyan mumkin
emasligini esda tutish lozim bo‘ladi. Chunki bunday hollarda mashina
magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘lib, magnit oqimi Ф yakor toki I
a
ga to‘g‘ri
mutanosib (Ф I
a
) ravishda o‘zgarganligi sababli aylantiruvchi momenti
M
em
yakor tokining kvadrati (I
a
2
) ga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgaradi,
ya’ni:
M=С
m
I
a
2
. (7.11)
(7.5) va (7.6) ifodalardan aniqlangan quyidagi
n = (U − I
a
R
a
)/ (C
E
Ф) (7.12)
tenglamadan ko‘rinishicha, ketma-ket qo‘zg‘atishli motor mexanik
jihatdan zararli (me’yordan katta) bo‘lgan aylanish chastotasini hosil
qiladi.