34
ta’sir ko‘rsatib
ishonchlilik darajasini pasaytiradi. Shu sababli O‘T
mashinalarini portlashga xavfli bo‘lgan muhitlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Kollektor O‘T mashinasining konstruksiyasini
murakkablashtiradi,
ekspluatatsiya jarayonida uni muntazam nazorat qilib turish talab qilinadi.
O‘TM qisqa tutashgan rotorli asinxron motorga nisbatan 2,53
marta
qimmat va uni ishlatish uchun O‘T energiya manbayi yoki o‘zgaruvchan
tokni to‘g‘rilagich qurilmasi zarur bo‘ladi.
Lekin, so‘nggi yillarda O‘TM ni reostatsiz
ishga tushirishga imkon
beradigan O‘T ni rostlashning tejamli
metodi ishlab chiqilganligi; O‘T
yurit-masi chastota vositasida rostlanadigan
yuritmaga nisbatan arzonligi;
kollektorsiz O‘T mashinalari ham ixtiro qilinib amalda qo‘llanila
boshlanganligi kollektor bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy kamchilikka nisbatan
barham berilib ishonchlilik daraja yaxshilanmoqda.
O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi. O‘T
mashinasining
qo‘zg‘almas qismini–
stator, aylanuvchi qismini esa–
yakor deyiladi.
Stator–sifatli po‘latdan tayyorlanadigan stanina (tana gardishi)
va uning
ichki tomoniga mahkamlangan bosh hamda qo‘shimcha qutblardan iborat.
Stanina va qutblar o‘zagi magnit sistemaning tarkibiy qismiga kiradi.
Asosiy qutb o‘zagi qalinligi 1 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat listlardan
yig‘iladi. Mashina havo oralig‘ida magnit
maydonni zaruriy shaklda
taqsimlash maqsadida asosiy qutblarning
yakor tomonidagi uchiga
maxsus («qutb uchligi») shakl beriladi (5.4-rasm).