Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/381
Sana19.05.2024
Hajmi4,92 Mb.
#244036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   381
Bog'liq
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

joriy nazorat (JN)
- talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va 
amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat 
fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki 
so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini 
tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin; 

oraliq nazorat (ON)
- semestr davomida o’quv dasturining 
tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi 
tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma 
darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki 
marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga 
ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; 

yakuniy nazorat (YaN)
- semestr yakunida muayyan fan 
bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan 
o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch 
tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" shaklida utkaziladi. 
ON 
o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya 
ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari 
buzilgan hollarda, 
ON 
natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda 
ON
qayta o’tkaziladi. 
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va 
monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni 
o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish 
tartiblari buzilgan hollarda
YaN
natijalari bekor qilinishi mumkin. 
Bunday hollarda 
YaN
kayta utkaziladi. 
Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat 
qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish 
darajasi ballar orqali ifodalanadi. 
«Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fani 
bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 
ballik tizimda baholanadi. 
Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa 
J.N.-30 ball va
O.N.-40 ball qilib taqsimlanadi. 

Download 4,92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   381




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish