238
bilan ta’minlash darajasiga va ikkinchi tomondan xizmat ko’rsatadigan ishlab chiqarish va
xizmatlarning darajasiga bog’liq. Bular ichida agrokimyoviy, zooveterinariya, konsultativ, axborot
va boshqa xizmatlar muhim rol o’ynaydi.
Infratuzilma qishlok xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning va uning samaradorligini
oshirishning muhim omillaridan biridir. Xom–ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlarning o’z vaqtida
yetkazib berilishi ko’p jihatdan xo’jalik oborotida bo’lgan resurslar hajmini aniqlab beradi.
Infratuzilma tarmoqlarini vujudga keltirishning bosh shart–sharoiti mamlakat iqtisodiy potensialining
umumiy o’sishi hisoblanadi. Agrosanoat majmui infratuzilmasini ancha
tez rivojlantirishning
zaruriyati uning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni o’stirish omillarining o’zgarishi
bilan bog’liq.
Industrlashtirish, kimyolashtirish, meliorasiya va ishlab chiqarishning boshqa omillarini jadallik
bilan rivojlantirish, faqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish vositalarini miqdor jihatdan
ko’paytirishgagina emas, balki moddiy–pul resurslaridan ancha samaraliroq foydalanishni
ta’minlaydigan xizmatlar tizimini tashkil qilishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozor munosobatlarining rivojlanishi sharoitida infratuzilma tarmoqlari va ishlab chiqarishning
vazifalari deyarli o’zgaradi. Qishloq xo’jaligini moddiy resurslar, texnika, uskunalar bilan ta’minlash
tizimi tashkil topadi.
Agrosanoat majmui korxonalariga moddiy resurslarni sotish bo’yicha harakatdagi ishlab chiqarish
va xizmatlar bazasida turli xil hissadorlik (aksiyadorlik)
jamiyatlari, shirkatlar va boshqalar
rivojlantiriladi.
Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim vazifasi qishloq xo’jaligi korxonalarini asta–
sekin ishlab chiqarishga xizmat qilish bo’yicha vazifalarni bajarishdan ozod qilish va asosiy ishlab
chiqarish faoliyatini kuchaytirish hisoblanadi. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib
borish va asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun me’yoriy
sharoitni yaratishga qaratilgan.
Infratuzilmaga kiruvchi tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayoniga bir xil ta’sir ko’rsatmaydi va
ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida o’ziga xos o’rnini egalaydi. Shu boisdan infratuzilma
tarmoqlarini, ularning asosiy belgilari bo’yicha guruhlash amaliy ahamiyatga ega. Infratuzilmalarni
turlash alohida element sifatida ham va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida bir butun
tarmoq
sifatida ularning o’rnini aniqlash imkonini beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o’rganishga va asosiy
ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat qiluvchi tarmoqlar o’rtasida optimal nisbatni aniqlashga
yordam beradi.
Infratuzilma elementlarining ko’p tomonlama harakatlarini hisobga olgan holda uni aniq bir belgi
bo’yicha turlash qiyin muammo. Agrosanoat majmui infratuzilmasining barcha elementlarini to’rtta
belgi bo’yicha quyidagicha guruhlash tavsiya etiladi:
1.Ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi bo’yicha:
a)
Ishlab chiqarish
b)
Ijtimoiy
2.Hududiy belgi bo’yicha:
a)
Xalq xo’jaligi
b)
Region (hududiy)
c)
Lokal
3.Tarmoq belgisi bo’yicha:
a)
Tarmoqlararo
b)
Tarmoq ichida
4.Funksional belgisi bo’yicha:
a)
Sferalar(sohalar)
b)
Qishloq xo’jaligiga xizmat qilish bo’yicha
c)
Mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish bo’yicha
Izoh: Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning samaradorligi keyingi boblarda
kengroq o’rganiladi.
239
Xalq xo’jaligi infratuzilmasi deganda, xalq xo’jaligining samarali faoliyat ko’rsatishi
uchun xizmat qiladigan tarmoq va xizmatlarning tizimi tushuniladi.
Bular, yirik infratuzilma kompleksi bo’lib, mamlakat
yagona energetika tizimi, yagona
transport tizimi, yagona aloqa tizimi va boshqalar hisoblanadi. Ular halq xo’jaligining elektr
energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qondirishga, pochta, telegraf va transport aloqalarini me’yorida
ta’minlashga xizmat qiladi.
Hududiy (region) infratuzilma alohida iqtisodiy
tumanlarni rivojlantirish, hududiy ishlab
chiqarish komlekslarini vujudga keltirish bilan bog’langan.
Lokal yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi alohida korxonalar faoliyatini ta’minlovchi ishlab
chiqarish va elementlardan tashkil topadi. Bunga misol qilib, mashina-uskunalarga texnik xizmat
ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi, energetikaga, omborxona va sovutkichlarga xizmat ko’rsatuvchi va
ta’mirlovchi, xo’jaliklararo va xo’jalik ichidagi qurulishlar bo’yicha tashkilotlar va boshqalarni olish
mumkin.
Tarmoqlararo infratuzilma iqtisodiyotning ko’pchilik
tarmoqlariga birinchi navbatda,
transport, elektr ta’minoti, aloqaga xizmat qilishga qaratilgan. Tarmoq ichidagi infratuzulma aniq
tarmoqning faoliyatiga moslashgan. Masalan, qishloq xo’jaligining tarmog’i sabzavotchilikni jadal
rivojlantirishni urug’chiliksiz, mahsulotni saqlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratmasdan, texnika va
uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat qilishni yo’lga qo’ymasdan amalga oshirish mumkin emas.
Chorvachilikda tarmoq ichidagi ishlab chiqarish infratuzilmasida muhim o’rinni veterinariya
xizmati egallaydi. Bunday xizmatning zaruriyati asosan tarmoqda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
va konsentrasiyalashni rivojlantirish sharoitida yuzaga chiqadi. Chorvachilikda tarmoq ichidagi
infratuzulmaning vazifasi tarmoqni uskunalar, preparatlar, priborlar va asboblar bilan ta’minlash va
shu asosda ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini keskin oshirish hisoblanadi.
Bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat qiluvchi sohaga mashina uskunalarga texnik xizmat
ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi tarmoq va korxonalar, shuningdek transport, meliorasiya tashkilotlari,
agroximiya, veterinariya, axborot xizmati, moddiy texnika ta’minoti va elektrlashtirish tizimi kiradi.
Mahsulotni iste’molga yetkazib beruvchi
sohaga mahsulotni tayyorlash, transportirovka
qilish, saqlash bo’yicha tashkilotlar kiradi. Agrosanoat majmuining normal faoliyat ko’rsatishi yetarli
miqdorda saqlash xonalarisiz katta hajmli va mayda idishlar bilan hamda boshqa qadoqlash
materiallari bilan ta’minlamasdan turib ro’yobga chiqmaydi.