-
o‘lchashdagi shovqin tashkil etuvchilar;
-
fazoviy xarakteristikalarni nochiziqiyligi;
-
amplituda – fazaviy xarakteristikalarni nochiziqiyligi;
-
o‘lchanayotgan signallarni garmonik tashkil etuvchilarini ta’siri;
-
raqamli fazometrlarda “faza-kod” o‘zgarishini diskretliligi.
Masofa kattaligiga bog‘liq bo‘lmagan m
R
ni ikkita tashkil etuvchi xatolikdan,
Yerusti lazerli skanerida o‘lchashda, umumiy xatolikka fazalar farqini aniqlash
xatosi o‘zini eng katta “hissasini” qo‘shadi.
- 196 -
Belgilangan chastotalar bilan masofa o‘lchashda, masshtabli chastotani
nominaldan farq qilishidan kelib chiqadigan m
f
xatolik, chastotadan
nostabilligidan va etalonlashtirish xatolaridan yuzaga keladi, ular taxminan
o‘zaro bir tartibda. Chasotasi ravon o‘zgaruvchi Yerusti lazerli skanerilarida m
f
xatolik asosan o‘lchash usuliga bog‘liq. Chastota xatoligi o‘z ichiga tasodifiy
xatodan tashqari sistematik tashkil etuvchini o‘z ichiga oladi, bu chastotani
nominalga aniq o‘rnatmaslikdan (etalonlashtirish xatosi) va generator
chastotasini sekinlik bilan dreyflashidan kelib chiqadi.
(6.18) formuladagi birinchi ikkita tashkil etuvchilari o‘lchanayotgan masofa
kattaligiga amaliy jixatdan bog‘liq emas, qolgan ikkita xatolikni ta’siri masofaga
proporsional. Shunday qilib Yerusti lazerli skanerilari bilan masofani fazaviy
o‘lchashni o‘rtacha kvadratik xatosi, impulsliga o‘xshash bo‘lib, uni quyidagicha
ifodalash mumkin:
𝑚
𝑅
= 𝑎 + 𝑏𝑅, (4.6.4)
bu yerda a va b – har bir dalnomer uchun o‘z kattaligiga ega bo‘lgan, etalon
masofa uzunlgini o‘lchash orqali empirik yo‘l bilan aniqlanadigan koeffitsientlar.
Fazaviy dalnomerlar bilan kichik masofalarni o‘lchashda, aniqlikka asosan
faza farqi sanog‘ini olish va dalnomer doimiy xatoligi ta’sir etadi, masofa
xatoligida chastota va atmosferada elektromagnit tebranishini tarqalish
xatolarini ta’siri sezilarli bo‘lmaydi.
Yerusti lazerli skanerilarda masofa va burchak o‘lchash aniqligiga yuqorida
ko‘rsatib o‘tganimizdek ko‘plab faktorlar, bular ichida asbobni tayyorlash va
yustirovkalash (tuzatish) xatoliklari ham ta’sir etadi. Yerusti lazerli skanerilash
sistemasiga boshqaruv dasturiy ta’minoti ham kiradi. Bu o‘lchangan
kattaliklardagi sistematik xarakterdagi xatoliklari qisman chiqarib tashlash
imkonini beradi. Yerusti lazerli skanerilarini boshqarishga mo‘ljallangan dasturiy
maxsulotlarda, o‘lchanayotgan masofa va burchaklarda xatolarni chetlatishda
foydalanilaigan kattaliklar, kalibrlash parametrlari deyiladi. Har bir skaner
- 197 -
o‘lchash natijalaridan sistematik xatoni bevosita chetlashtiruvchi kalibrlash
parametrlarining soni va matematik modelini ko‘rinishi farqlanadi.
Yerusti lazerli skanerilarni kolibrlash usullarini taxlil qilish turli skanerlar
uchun umumiy bo‘lgan parametrlar va xatolarni bir qismini aniqlash imkonini
berdi, ularni ta’sirini kamaytirish mumkin:
1) o‘lchanayotgan masofalarda hisobga olinadigan masshtab koeffitsienti b;
2) asbob tuzatmasi;
3) asbobni vertikal aylanish o‘qi va skanerlash prizmasini aylanish o‘qini mos
tushmasligi;
4) asbobni vertikal aylanish o‘qi va lazer nurini tarqalish vektorini mos
tushmasligi;
5) asbobni skanerlash prizmasini aylanish o‘qi va lazer nurini tarqalish
vektorini mos tushmasligi;
6) sapfa o‘qini xatosi;
7) vertikal kollimatsion xato (dalnomer bilan masofa o‘lchash boshiga mos
keluvchi, nuqtani uzoqlik qiymati);
8) gorizontal kollimatsion xato (asbobni vertikal aylanish o‘qidan, dalnomer
bilan masofa o‘lchash boshiga mos keluvchi, nuqtani uzoqlik qiymati).
Yerusti lazerli skanerilarni dasturiy ta’minotida skanerlani kalibrlash
birinchi ikki parametrlarning hisobga olishni ikki varianti nazarda tutilgan.
Birinchi variantda kalibrlash parametrlari sifatida asbobni alohida tuzatmasi va
masshtab koeffitsienti aniqlanadi, ulardan foydalanish bilan masofa o‘lchashdagi
xatolik chiqarib tashlanadi. Ikkinchi variantda kalibrlash parametrlarini
birgalikdagi ta’siri uchun chiziq uzunligiga tuzatma kiritiladi, ularni kattaligi aniq
konkret masofa diapazoniga bog‘liq. Lazer dalnomerlari bilan o‘lchangan
kattaliklardan sistematik xatoni chiqarib tashlashni ikkinchi usuli afzal
hisoblanadi. Bu quyidagi jihatlari bilan tushintiriladi. Skaner bilan o‘lchangan
masofa 1 metrdan 1 200 metrgacha bo‘ladi. Buning oqibatida qabul qilinayottgan
signal quvvati butun diapazon bo‘yicha sezilarli (kuchli) o‘zgaradi. Shu bilan birga
- 198 -
signal quvvatiga s’yomka qilinayotgan ob’ektni akslantirish xususiyati sezilarli
ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun priyomnikni quvvati kuchli nurlanish kelishi
bilan priyomnik ishdan chiqishi mumkin. Buni inobatga olib, skaner ishlab
chiqaruvchilar priyomnik oldiga signal quvvatini sun’iy pasaytiruvchi qurilma
o‘rnatishadi. Skanerlash ob’ekti qanchalik yaqin bo‘lsa, qabul qilinayotgan signal
shunchalik ko‘p susaytiriladi, bu o‘z navbatida uning shaklini o‘zgarishiga olib
keladi. Natijada birinchi variant bo‘yicha skanerni kalibrlashni amalga oshirish
qiyinlashadi.
Burchaklar va masofalarni birlik o‘lchashi aniqligiga ta’sir etuvchi, keyingi
faktorlari R, φ va θlarni registratsiyalashni sinxron emasligi, chunki Yerusti lazerli
skanerilarda har bir o‘lchanayotgan kattalik R, φ, θ ma’lum vaqt oralig‘ida T
R
, T
φ
va T
θ
fiksatsiyalanadi, unda kattaliklarni registratsiyalashni sinxron emasligidan
kelib chiqadigan xatolikni umumiy ko‘rinishda quyidagi funksiya ko‘rinishida
yozishimiz mumkin:
∆= 𝑓(𝑅, 𝑇
𝑅
, 𝑇
𝜑
, 𝑇
𝜃
, 𝑡) , (4.6.5)
bunda t – skaner ishga tushirilgandan boshlab, ishlash vaqti.
R, φ va θ kattaliklarni registratsiyalashni sinxron emasligidan kelib
chiqadigan xatolarni yerdan skanerlash natijalariga ishlov berish jarayonida
aniqlab bo‘lmaydi, shuning uchun bu xatoliklarni yo‘q qilishni yagona usuli
Yerusti lazerli skanerilarni yig‘ishda T
R
= T
φ
= T
θ
tenglikni ta’minlash zarur.
Riegl, Leica, Zoller+Fröhlich firmalarning va boshqa skanerlarda ob’ektni
gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda skanerlash uchun uzuluksiz aylanuvchi
prizma va optik kalak qo‘llaniladi. Aylanish vaqtida lazer manbai bu prizmaga
signal yuboradi, u signalni ob’ektga yo‘naltiradi. Ob’ektdan akslangandan so‘ng,
nur priyomnikka qaytadi. Prizma va optik kalak uzuluksiz aylanganligi sababli,
signal skanerdan ob’ektga borib orqaga qaytguncha qadar vertikal va gorizontal
doiradan olingan sanoqlar Δφ va Δϴ burchaklarga o‘zgaradi. Shu sababli vaqtni
qaysi lahzasida burchaklarning qiymatlarini fiksatsiyalash zarur degan savol
kelib chiqadi:
|