2.2.6-rasm. Kabullovchielementlarining sezuvchanlik funksiyasi bilan
shtrix kodlar ta’svirining yig‘masi.
Tayanch signal, ZBA-qabullovchi qurilmaning xotirasida saqlanayotgan
sezuvchan elementlari funksiyasi D(u) bilan s(d,u-h) kod shtrixlarining yig‘ma
tasviri shaklida bo‘ladi. Tayanch signal quyidagi matematik ifoda bilan aniqlanadi:
( )
(
)
( )
,
*
,
,
dy
y
D
dy
h
y
d
c
h
d
P
i
i
+
−
−
=
(2.2.4)
bu yerda P
( )
i
h
d
−
,
peksel uchun tayanch qiymati;
( )
−
y
D
i
piksellarda
funksining sezuvchanligi;
(
)
h
y
d
c
−
,
-kod; h- balandlik; u - kod va qabullovchi
qurilmaning nisbiy holati; d-masofa.
Nivelirlash reykalariga oq (sariq) va qora yo‘lli (shtrixli) binarli
kodtushiriladi. 4050mm uzunlikdagi reykani 2000 shtrixdan iborat kodi bo‘ladi.
Bundan ko‘rinadi-ki asosiy shtrixlar eni
4050/2000=2.025mm
Nivelir asbobining xatoligi shtrix kodlarning holatini aniqligiga va
tasvirdagi shtrix kod masshtabiga, optik sistemani tasvirni shakllantirish sifatiga,
nivelir vertikal o‘qi og‘ganda vizir o‘qini gorizontal holatini turg‘un bo‘lishiga,
asbob elektron traktida shovqinni kvantlanishi va diskretlanishiga bog‘liq.
- 59 -
Asbobaniqligini belgilovchi bu ichki faktorlar nivelirni konstruksiyalashda
va tasvir ishlovini konsepsiyasini yaratishda inobatga olingan. Yuqori aniqlikdagi
NA3003 nivelirlaridan vizir o‘qini qolgan og‘ishiga tuzatma kiritiladi, bu tuzatma
oldingi va ketingi reykalardan foydalanib, o‘lchash amalga oshirilayotganda
yelkalar farqi orqali topiladi. Shtrix kodlarni yaqqol tasvirga ko‘rish trubasini
fokuslash va orientirlash tasiri raqamli nivelirlarda o‘lchash natijalarini aniqligiga
juda ham kam (minimal) ta’sir ko‘rsatadi. Fokuslovchi linzani holati korrelyatsiya
funksiyasini maksimumini qidirish sohasini aniqlaydi, shuning uchun yaxshi
fokuslash o‘lchash vaqtini qisqartiradi. Transport magistrallari yaqinida o‘lchash
bajarilganda kompensatorning titrashi korrelyatsiya jarayoniga o‘zining ta’siri
bo‘yicha atmosferaning titrashi kabi bir xildadir. Yuqori aniqlikdagi nivelirlashda,
shamolni, avtomobil xarakatini va boshqa faktorlarni hisobga olish zarur, ular
kompensatorning titrashini keltirib chiqaradi va shunday qilib, vizir o‘qi
holatining turg‘inligiga ta’sir ko‘rsatadi. «Takroriy o‘lchash» dasturi bo‘yicha bir
necha o‘lchash ketma-ket bajariladi. Ularning soni va olingan o‘rta kvadratik
xatolik tabloda ko‘rsatiladi. Takroriy o‘lchash yuqorida aytilgan ta’sirlarni
minimallashtiradiva o‘lchash sifatini baholash imkonini beradi.
Nivelirlash reykalarini yoritish muxim ahamiyatga ega. Yorug‘lantirish
darajasiga bog‘liq holda (quyosh, bulutli, oqshom) ZBA-qabullovchi qurilmada
zaryad to‘plash vaqti o‘zgaradi.Bu o‘zgarish yaxshi yorug‘lantirishda 4msek,
kichik yorug‘lantirishda 2 sekundgacha bo‘ladi. O‘lchash sistemasi bilan
yoritishning bir jinsli emasligi inobatga olinadi. Agar o‘lchash sun’iy yoritilish
evaziga bajarilsa, nurlanish manbasining spektral tarqalishi quyoshniki bilan mos
kelishi talab etiladi. Leica Geosystems AG firmasi reykalarini yoritish uchun GEB
89 manbani tavsiya etadi, undan 40 metrdan oshmaydigan masofalarda ishlarni
bajarish uchun foydalanish mumkin.
Xaroratning o‘zgarishi tufayli sodir bo‘luvchi termooptik aberratsiyalar,
optiko-mexanik konstruksiyada asbob vizir o‘qi xolatini o‘zgarishiga olib keladi.
Xarorat datchiki hozirgi vaqtdagi aktual xaroratini mikroprotsessorga beradi va
- 60 -
asbobni tadqiqoti natijalari bo‘yicha asbobning xotirasida saqlanilgan
ma’lumotlarni hisobga olish bilan o‘lchangan balandlik qiymatiga tuzatma
kiritiladi.
|