Agar shamol qurilmasining to‘plamiga energiya akkumulyatori kiritilgan
bo‘lsa, unda u shamolning yetarli katta tezligida energiya tejaydi va qabul qilgichga
shamolning pasayishida beradi. Ammo elektrokimyoviy
akkumulyatorlar nisbatan
katta bo‘lmagan 20-30 kVt/kg energiya sig‘imiga ega. Shuning uchun shamol
qurilmalari akkumulyatorlar bilan ko‘pincha quvvati 1 kVt dan kam bo‘lmagan
qurilmalarda qo‘llaniladi. Katta quvvatga ega bo‘lganda energiya ta’minotining
havfsizligini oshirish uchun eng yaxshi yo‘li bu geotermal
agregatlarning quyoshli
fotoelektrik stansiyalari, kichik va mikro GES lar va biogazli
qurilmalar bilan bir
yagona energiya kompleksga birlashtirishdir.
Quvvati 10 kVt dan oshiq bo‘lgan shamol agregatlari o‘rtacha quvvat bilan
(500 kVt gacha) va megavatt sinfigacha odatda 2-3
bilan tezyuruvchi shamol
g‘ildiraklarga ega va shamol potensiallarning 20 m/s oshiq bo‘lgan paytda ishga
yaroqlidir.
Yirik shamol stansiyalarning qurilishi umumiy elektr tarmog‘iga ishlovchi yoki
faqatgina yirik qishloqlar uchun elektr bilan ta’minlash, faqatgina birgina holatlarda
o‘ringa ega, chunki mavjud bo‘lgan shamol rozasi va uning energetik potensiali katta
emas.