121
kirituvchanligi ma’lum qiymatga ega bo‘la olmaydi. Ular odatda nominaldan ortiq yoki
kam tomonga ruxsat bilan beriladi.
2) Elementar detallarning o‘lchamlariga beriladigan ruxsat, masalan,
mexanikaviy zvenolar orasidagi bo‘shliklarga beriladigan ruxsat va hokazo.
Ko‘rsatilgan sabablarning ta’sirini kamaytirish uchun elementlarning
konstruksiyasida rostlash moslamalari (o‘zgaruvchan qarshiliklar, sig‘im va
hokazolar) bo‘lishi mumkin:
bular elementning parametrlarini ma’lum chegarada o‘zgartirish va zarur
qiymatni o‘rnatishga imkon beradi. Shunisi muximki, sistemani bunday rostlash
parametrlarga bo‘lgan ruxsatlarni faqat ma’lum tashqi sharoitlardagina qisqartira oladi.
Ekspluatatsion sabablarga: tashqi muhitning ta’siri, energiya manbai holatinig
ta’siri, xizmat ko‘rsatish sifati, eskirish va yoyilish kiradi.