75
standartlar buzilishida aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati sub‘ektlarining mansabdor
shaxslarini ma‘muriy javobgarlikka tortish;
tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda
realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki
to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni
ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan
foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man
etish yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini buzganlik uchun xo‘jalik faoliyati sub‘ektlari
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to‘laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati sub‘ekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi
aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan takdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi
Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat
inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik faoliyati sub‘ektlari berilgan ko‘rsatmalar va qarorlarni bajarmagan takdirlarida
davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan takdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan
javobgarlikka tortiladilar.