256
ilovasida ISO 9001:1994 va ISO 9001:2000 bo‗limlarga muvofiq jadvali keltirilgan. Ushbu jadval
sifat tizimini hujjatlashtirishda va qayta ko‗rishda qulay bo‗lib, ikkita ish bajarmasdan Sifat
bo‗yicha qo‗llanmani shu bo‗limni oddiygina ko‗chirib, ya‘ni o‗zgartirishga mashaqat chekmasdan
qayta ishlab chiqishda foydalaniladi.
ISO 9004:2000. U barcha qiziquvchi tomonlarning: buyurtmachilar, jarayon egalari,
ta‘minotchilar,
jamiyat
talablarini
maksimal
qanoatlantirish
va
uning
hisobiga
ishlarni
tashkillashtirishga mo‗ljallangan. Bu yerda korxona daromadi va boshqa yuqorida tilga olingan
sub‘ektlar va buyurtmachilarni qanoatlantirish yo‗llarini ta‘minlash to‗g‗risida fikr yuritilmoqda.
ISO 9004:2000 qo‗llanma ISO 14001:1996 «Atrof-muhitni muhofazalash menejmenti tizimi»
standarti bilan ko‗p jihatlari uyg‗unlashgan bo‗lib, bu ikki standartdan birgalikda foydalanish
jamiyat uchun foyda keltiradi. Qayta ko‗rib chiqilgan ISO 9004 standarti buyurtmachilar, jarayon
egalari, ishchilar, ta‘minotchilar va jamiyat hamda iste‘molchilar qiziqishlariga tashkilot
faoliyatining natijaviyligiga erishishga mo‗ljallangan. Bunda ISO 9004 standartining har bir bo‗limi
ISO 9001:2000 standartining bo‗limlariga muvofiq matnlardan takib topgan. O‗zbekistonda 2002
yildan ISO 9000 seriyali 2000 yil versiya standartlariga asl nusxasiga teng bo‗lgan O‗z DSt ISO
9001:2002 standartlari amal qilinadi. Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasida 2008 yildagi ISO
9001 standarti versiyasini 2009 yilda tasdiqlanib, O‗z DSt ISO 9000:2009 standarti amalga
kiritilgan.
Hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasida sifat menejmenti tizimlariga talablarni o‗rnatuvchi
quyidagi standartlar qabul qilingan va amal qiladi:
O‗z DSt ISO 9000:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug‗at»;
O‗z DSt ISO 9001:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Talablar»;
O‗z DSt ISO 9004:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo‗yicha
tavsiyalar».