«Menga sendagi... yoqadi» o'yini




Download 3.28 Mb.
bet9/20
Sana04.04.2017
Hajmi3.28 Mb.
#3129
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
«Menga sendagi... yoqadi» o'yini
O'quvchilar davra qurib o'tiradilar. Bir – birlariga «menga sendagi... yoqadi» so'zlarini aytib koptok irg'itadilar; bunda koptok yo'llangan kishining biror ijobiy xislati nomlanishi kerak.

O'yin shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, o'quvchining o'ziga bergan bahosini oshirishga mo'ljallangan.
«Ot o'yin»
8 – 10 kishi ikkita – tashqi va ichki doira hosil qilib, qarama – qarshi o'tiradilar. Tashqi doirada o'tirgan kishi ichki doiradagi sherigiga biror mavzu bo'yicha (OITS, JYBYK va h.k.) axborot beradi. So'ng barcha o'rnini almashtiradi va endi ichki doiradagilar axborot beruvchilar bo'lib qoladilar.

O'qituvchi quyidagiga o'xshash savolni berishi mumkin:

Axborotni aniq ifodalash va boshqaga to'g'ri yetakazish oson ekanmi?



Agar har xil davralarga tushib qolsangiz, o'zingizni qanday his qilgan bo'lar edingiz?

O'yin o'z oldiga shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadini qo'yadi. Tinglash, axborotni qisqa va aniq ifodalay olish qobiliyatini shakllantiradi.

Guruhdagibahs

Bahsli masala yuzasidan turli nuqtayi nazarlarni aniqlash va barcha ishtirokchilar o'z xulosalarini chiqarishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida o'tkaziladi. Bunga jo'shqin, hissiyotlarga boy aql – idrok bellashuvi muhiti yordam beradi.

Katta guruhda bir muammo yoki mavzu muhokama qilinadi. Mavzuni oldindan rejalashtirgan ma'qul. Maxsus savollar tuzish kerak, bu ishtirokchilarni o'z fikr – qarashlarini ifodalashga rag'batlantiradi. Bahsda ishtirokchilar o'z qarashlari himoyasi uchun istalgan qarshi asos, dalil keltirishlari mumkin. Guruh bo'lib bahslashish chuqur taassurotlarni qo'zg'aydi, yodga soladi, ishtirokchilarni boshqa sharoitda ifodalay olmaydigan fikrlarini aytishga undaydi. Ba'zan qarashlar mos kelmasligi mumkinligini unutmaslik va tomonlar o'rtasida janjal chiqishiga yo'l qo'ymaslik kerak.


Download 3.28 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 3.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Menga sendagi... yoqadi» o'yini

Download 3.28 Mb.