Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
89
tarzda yozadigan bo‘lsak, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan kichik
sms xabarnoma shakli ham teletibbiyotni qo‘lay olishi mumkin.Tibbiyot tizimi
o‘z navbatida turli yo‘nalishlarga ya’ni inson salomatligini davolash va
tashxislashda turli kasalliklar bosqichiga bo‘linib ketadi. SHuningdek,
teletibbiyot tizimi keng qo‘llaniladigan tibbiyot sohalari ham mavjud.
Teletibbiyot tushunchasi 1905-yilda birinchi elektrokardiogramma bir
masofadan, ikkinchi masofaga uzatilishi bilan belgilangan. 1922-yilda
Shvetsariyaning Gotenburg Universiteti tibbiyot xodimlari tomonidan
uzoqdagi dengizchilar uchun radio orqali tibbiy
maslahati berilganligi
aniqlangan. 1960-yilga kelib teletibbiyotda yana bir yangilik Kanada davlatida
tibbiyot xodimlari inson o‘pkasi flyurogrammasi tasvirini masofadan
uzatilganligi aniqlangan. 1950-1960 yillarga kelib Rossiya va AQSHda
kosmonavtlarni masofadan telemetrik diagnostika qilish yo‘lga
qo‘yilganligini aniqlangan bo‘lsa. XXI asr zamonaviy telekommunikatsiya
asriga kelib, teletibbiyot turli tibbiyot markazlari ishining ajralmas jarayoniga
aylangan, ya’ni be’morlar uchun uyda va ofislarda maslahat berish uchun
xizmat qilib kelmoqda. Teletibbiyotda masofadan tibbiy yordam hamda
tibbiy konsultattsiyalar berish uchun
zamonaviy telkommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan tibbiyot sohasi hisoblanadi.
Teletibbiyot mustaqil fanlarga tegishli emas, balki jarrohlik va terapevt
mutaxassislari uchun yordamchi hisoblanadi va xizmat qiladi. Teletibbiyot
tizimiini amalga oshirishda quyidagi o‘ziga xos struktura va yo‘nalishlardan
foydalaniladi. “Bemor va SHifokorlar” hamda “SHifkor va shifkorlar”
Bemor va shifkor yo‘nalishida -teletibbiyot orqali bemorga tibbiy
konsultatsiya berib boradi. Masofadan bemorni tibbiy biomonitoringdan
o‘tkazishi mumkin. Teletibbiyotning ikkinchi bosqichida Shifkor va shifokorlar
jarrohlik amaliyotlarini masofadan o‘tkazish, shoshilinch
tibbiy maslahat
olish yoki ko‘rsatish hamda tibbiyot xodimlarini masofadan interaktiv
elektron shaklda ta’lim olishi, malaka oshirishi nazarda tutilgan.
Teletibbiyotda masofaviy tibbiy maslahat olish va bemorlarning diagnostikasi
eng keng tarqalgan va ommabop hisoblanadi. Maxsuslashtirilgan