Актуальные проблемы цифровой экономики в развитии общества
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
347
rejalashtirish sifati ortib borishi tufayli ishlab chiqaruvchi korxonalarning
moddiy ta’minot xizmatlari internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan
yagona
tarmoqni tashkil etuvchi zamonaviy hisoblash texnikasi bilan ta’minlanishi
kerak. Bunday boshqaruv punktlarining atrof-muhit bilan aloqasini 1-rasmda
ko‘rish mumkin.
Ishlatilishidan qo‘shimcha foyda keltiruvchi zamonaviy axborot
texnologiyalarini ishga solishga ketgan xarajatlarning o‘rnini to’ldirgan holda
ulardan foydalanish natijasida iqtisod qilingan mablag‘ amalda uch taraf; ishlab
chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va transport kompaniyasi o’rtasida ma’lum bir
nisbatlarda bo`linadi.
Hozirgi paytda qog‘ozsiz axborot almashish keng tarqalmoqda.
Transportda juda ko‘p hujjatlar yuk bilan birga ilova qilish o‘rniga har bir tovar
birligiga tegishli tavsiflovchi rekvizitlarga ega
axborot yuk bilan sinxron
ravishda aloqa kanallari orqali uzatiladi. Bunday tizim orqaii yo‘nalishning
(marshrut) har bir uchastkasida istalgan vaqtda yuk haqida axborot olish
mumkin va uning asosida qarorlar qabul qilinadi. Bir qator holatlarda yuk
jo‘natuvchilar transport xizmatlari holatini va
transportga joylashtirish
jarayonlarni ko‘rsatuvchi fayllarga kirish imkoniga ega bo’lishdi.
Ushbu elektron almashish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun
korxonalar standart almashinuv bayonnomalarini qo‘llaydilar va o‘zaro tijorat
Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
348
bitimlarini tuzadilar. Quyidagi operatsiyalar bo‘yicha
standart kompyuter
bayonnomalari ishlab chiqilgan:
Xarid uchun buyurtma, yuklarning partiyasini jo ‘natish uchun buyurtma,
yuk jo‘natuvchilar uchun maslahatlar olish, schyot-fakturalarni to‘ldirish, har xil
to‘lovlar o‘tkazish, yuk tashish uchun yuk-xatlami rasmiylashtirish,
tashilayotgan tovarlar to‘g‘risida axborot olish.
Logistik tizimni samarali boshqarish uchun istalgan paytda kiruvchi va
chiquvchi
moddiy oqimlar, shuningdek, logistik tizim ichida aylanib yurgan
moddiy oqimlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.
Olingan axborot
real vaqt masshtabi ichida qayta ishlanadi.