-Ma’ruza: ZARARLI CHANGLARNI INSON SOG`LIGIGA TA`SIRI HAMDA ULARDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI




Download 4,32 Mb.
bet38/60
Sana27.09.2024
Hajmi4,32 Mb.
#272688
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Bog'liq
Ўқитиш материалари О.қурбонов

11-Ma’ruza: ZARARLI CHANGLARNI INSON SOG`LIGIGA TA`SIRI HAMDA ULARDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI.


REJA.
1. Zararli changlarni inson sog`ligiga ta`siri 2.Changlarni guruhlarga bo‘linishi.


3.Zararli gazlar va ulardan himoyalanish yo‘llari.

Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi va havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda (1m3toza havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg. gacha) changlar bo‘ladi.


Changlar ko‘rinishi va tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: organik, noorganik (mineral) va metall changlari. Yirik changlar nafas olgandaburun bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan, o‘1сhami 10 mk.dan kichik bo‘lgan changlar) nafas orqali burun bo‘shlig‘idan o‘tib, о’pkaga o‘rnashadi va vaqt o‘tishi bilan turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, diametri 0,3 mk.dan kichik changlar qonga tushishi ham mumkin.
Changlar o‘z zarrachalari yuzasida turli xil zararli moddalar (mshyak, berilliy, kadmiy, nikel, qo‘rg‘oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy va b.) bilan bog‘lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida, ayniqsa, metall changlari, jumladan, qo‘rg‘oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo‘rg‘oshin changlarining havo tarkibidagi juda oz konsentratsiyasi ham inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etadi. Masalan, 100 ml qon tarkibida 35 mkg qo‘rg‘oshin bo‘lishi insonning bosh miyasi funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari qo‘rg‘oshin qonda gemoglobin sintezining buzilishiga, muskul tizimlarini susayishidan tortib shal bo‘lishigacha, jigar, buyrak va miya faoliyatini buzilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 3,3 mln. tonna qo‘rg‘oshin ishlab chiqarilmoqda. Faqatgina avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan havoga har yili 250 ming tonna qo‘rg‘oshin chiqarilmoqda. Amerikalik olimlar tomonidan bundan 1600 yil oldin yashagan janubiy Amerika tub aholisining suyak skeleti tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak skeletidagi qo‘rg‘oshin miqdori taqqoslanganda, bumiqdor hozirgi zamon odamlarida 700–1200 marta ko‘рekanligi aniqlangan. Bundan tashqari qora metallurgiya, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organik va noorganik changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Havo muhiti va tarkibi changlardan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish davrida yuzaga keladigan turli xil zaharli gazlar va kimyoviy moddalar bilan ham ifloslanadi. Bu atmosfera havosini buzilishi bilan bir vaqtda turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan zaharli va zararli moddalar, masalan, oqindi suvlar, axlatlar, ishlangan gazlar (ichki yonuvdvigatellaridan chiqadigan gazlar), radiaktiv moddalar, biotsidlar va boshqalar ekotizimga kelib tushgach, izsiz уo‘qolib ketmaydi. Ularning kichik konsentratsiyali miqdori ham uzoq vaqt ta’sir etishi, insonlarni, o‘simliklarni va hayvonlarni zaharlashi mumkin. Ayrim zaharli moddalar ozuqanitayyorlash va iste’mol qilish jarayonida ham, ta’sir etishi mumkin. Masalan, zaharli moddalar o‘simlikdan chorva mollariga, chorva mahsulotlari (sut, go‘sht) orqali insonga ta’sir etib, turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Industrial ега(taxminan 1860-yillar)dan hozirgi vaqtgacha 140 mlrd. tоппаgа уаqin uglerod atmosferaga chiqarilgan, hozirgi vaqtda esa atmosferaga jahon bo‘yicha yiliga 8 mlrd. tonnaga yaqin uglerod chiqarilmoqda. Ushbu gazning havo tarkibidagi miqdorini oshib borishi atmosferada ma’lum qatlam hosil qilib, issiqlikni kosmosga uzatilishini susaytiradi, Bu esa o‘z navbatida yer yuzi haroratini ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Havo tarkibida karbonad angidrid gazining та’lum miqdorda oshishi natijasida 2030-yilga borib havoning 1,5–2,5oСga ortishi taxmin qilinmoqda. Haroratning ortishi esa okean sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda, keyingi 100 yil ichida harorat 0,5oСga, okean sathi esa 10–15 sm.ga ko‘tarilganligi qayd etilgan.

SINOV SAVOLLARI



  1. Yoritish asboblarining tuzilishi va ishlashini tushuntirib bering

  2. Traktor va avtomobil elektr jihozlarini nazorat qilish.

  3. Elektr fara va lampochkalar ishlashini tushuntirib bering

Foydalanilgan adabiyotlar: “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi»
O‘.R.Yo‘ldashev. O.D.Rahimov. 2002 yil Fan va texnologiya nashryoti

Internet manbalari ZiyoNET>Библотека<“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» http://library.ziyonet.uz>book


Baholash mezoni


Guruhda ishlashni baholash jadvali



Guruh

Javobning aniqligi va toliqligi (2-5
ball)

Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5
ball)

Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5
ball)

Umumiy ball miqdori (2+3+4)

Baho (5/4)

1

2

3

4

5

6

1
















2
















Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball – “a’lo”; 4– “yaxshi”; 3 – “qoniqarli”; 2 ball – “qoniqarsiz”.
Dars yakuni O‘qituvchi o‘tgan yangi mavzu bo‘yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o‘quvchilar javobini muhokama qilib, o‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi

O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari



90-100 %

5 baho “a`lo»

75 – 89 %

4 baho “yaxshi»

60 – 74 %

3 baho “qoniqarli»



Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №12



Download 4,32 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Download 4,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza: ZARARLI CHANGLARNI INSON SOG`LIGIGA TA`SIRI HAMDA ULARDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI

Download 4,32 Mb.