7
Bo‘sh vaqtning mavjudligi. Odamlar sayohatga nafaqat pullarini balki
vaqtlarini ham sarflaydilar. Xatto eng yuqori daromadga ega bo‘lgan shaxs ham agar
vaqti bo‘lmasa tur sayohatini amalga oshira olmaydi. Rivojlangan jamiyatda
vaqtning etishmasligi (xuddi daromadi etishmasligi kabi) turizmni chegaralovchi
asosiy omildir.
Oxirgi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga qaramay,
mamlakatimizdagi turizm sohasi yildan-yilga barqaror ravishda mahsulotlar va
xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib borayotgan xalq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib
qolmoqda. Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan
an’anaviy shakllar faoliyat ko‘rsatmoqda. Agar yo‘llanmalarning narxi doimiy oshib
boradigan bo‘lsa, dam oluvchilar soni ham shunga yarasha kamayib boradi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi sharoitda O‘zbekistonda
eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani qayta tashkil qilish, uning
rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va tegishli
infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish hisoblanadi.