Bundan tashqari, yirik sanoat korxonalari va elektr stansiyalari tashkil etilishi
natijasida yangi qo‘shimcha 220 kV kuchlanishli PS va elektruzatish
liniyalariquriladi.
Yuqoridagi loyihalarni amalga oshirishda texnik xizmat ko‘rsatish
tezkorligini ta’minlash, shu jumladan ekpluatatsion harajatlarini kamaytirish va
texnologik buzilishlar va og‘ishlarni tezda bartaraf etish uchun elektr energetika
ob’ektlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari
hisobga olinadi:
- real vaqt rejimida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, namoyish qilish va arxivlash,
shuningdek, elektr energiyasi oqimlarini va ishlab chiqarish quvvatni
optimallashtirish uchun dispetcherlik boshqaruv hamda ma’lumotlarni jamlash
tizimi SCADA bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan;
- yangi podstansiyalarni qurishni shuningdek, mavjud podstansiyalarni
rekonstruksiya qilishni loyihalashda, «Raqamli podstansiya» kabi zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutiladi. Xarajatlar va yer uchastkalarini
qisqartirish uchun yangi asosiy elektr uzatish liniyalariqurilishini loyihalashda IEC
standartlari asosida ko‘p zanjirli havo elektr uzatish liniyalarini yaratishni
ta’minlaydigan yangi standartlar joriy etiladi.