|
Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari
| bet | 4/18 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #130900 |
Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari.
Excel nafaqat berilganlarni kiritish, saqlash, tanlash balki, tahlil qilish, ularni diagrammalar, grafiklar ko‘rinishida tasvirlash, xatto so‘nggi versiyalarida Web- sahifalarga joylashtirish, murakkab ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlariga ham ega. Quyida Exceldan foydalanish uchun eng zarur imkoniyatlar bilan tanishamiz:
-
Varaqlardan foydalanish. Bu elektron jadvaldan foydalanishdagi boshlang‘ich tushunchalardan biri bo‘lib, unda qatorlar va ustunlar joylashadi. Varaqlarga sarlavha qo‘yiladi. Uni o‘zgartirish, yo‘qotish va yangi varaqni qo‘shish mumkin.
-
Ma‘lumotlarni kiritish. Odatda ikkinchi qadam bo‘lib, kataklarga turli ma‘lumotlarni kiritish tushuniladi.
-
Ma‘lumotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish. Matn va sonlarga o‘ziga xos ko‘rinish berishni anglatadi.
-
Formulalardan foydalanish. Sonlar bilan ishlashda albatta ma‘lum xisoblarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Excelda murakkab formulalarni yozish yoki tayyor standart funktsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud.
-
Grafik va diagrammalarni hosil qilish. Jadvalga kiritilgan sonli ma‘lumotlarning diagrammalari va grafiklari hosil qilinadi.
-
Rasmlarni qo‘shish. Jadvallarni tushunarli va ko‘rgazmali ravishda tasvirlash uchun diagrammalar va rasmlar kiritiladi. Shuningdek, berilganlarni tasvirlash uchun kartalardan ham foydalanish mumkin.
-
Web-sahifalardan foydalanish. Web-sahifalardagi berilganlarni olib ulardan foydalanish va ularga qayta ishlangan ma‘lumotlarni jo‘natish.
-
Import qilish. Boshqa elektron jadvallarda tayyorlangan ma‘lumotlarni qabul qilish va turli formatlarda yozish.
-
Berilganlarni tahlil qilish. Berilganlarni tekshirish, ulardan umumlashgan jadvallar tayyorlash.
Bundan tashqari, Excelda ishlash jarayonining o‘zini qulaylashtirish uchun qator imkoniyatlar yaratilgan.
-
Ro‘yxatni avtomatik ravishda to‘ldirish;
-
Diagrammalarni qurishda ko‘p qadamli tanlovdan foydalanish;
-
Matnning rangi va o‘lchamlarini oldindan ko‘rish;
-
Umumlashgan jadvallarni dinamik tasvirlash;
-
Tayyor jadvalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Web-sahifaga kiritish, Web-sahifadan olish va xokazo.
Umuman elektron jadvallarning imkoniyatlarini ularda amaliy ishlash davomida kengroq o‘rganish mumkin bo‘ladi.
|
| |