kabi salbiy hislarga nisbatan murosasiz bo‘lishni tarbiyalash.
3. Bolalarning badiiy ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish, ularning hayotga, o‘qishga,
mehnatga va turli hatti-haraktlarga go‘zallik olib kirishi qobiliyatini rivojlantirish,
o‘z-o‘ziga va atrof muhit
dagi barcha nasalarga go‘zallik kirita olishga o‘rgatish.
Musiqa mashg‘uloti ma’lumki, xorda kuylash, musiqa savodi, kuylash kabi asosiy
musiqa faoliyatlarini o‘z ichiga oladi va Bolalarni ular bilan tanishtirishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Mashg‘ulotning har bir turida doirachalar, shaqildoqlar, uchburchak kabi turli
bolalar musiqa asbobidan chalib, kuy va qo‘shiqlarga mos raqs yelementlarini
bajarish, musiqa asboblarining chalinishi, qo‘l harakatlari bilan imitatsiya qilish,
chapak kabi yelementlardan keng foydalanish yanada qiziqarli va jozibali
bo‘lishini ta’minlaydi.
Musiqa mashg‘uloti avvalo bolalarni dunyoqarashini o‘zgartirib, madaniyatli,
estetik jihatidan barkamol bo‘lib o‘sishlarida munosib o‘rin tutadi. Musiqani idrok
yetishga, musiqa nazariyasi, musiqa adabiyoti va tarixini, milliy qadriyatlarimizni
o‘rgatadi va san’at durdonalari bilan tanishtiradi, vokal-xor malakalarini
rivojlantiradi, musiqiy qobiliyatini o‘stiradi, hamda unga bo‘lgan yehtiyojlarni
qondiradi.
Musiqa mashg‘ulotlarida rahbar bolaga dastavval bor musiqani yeshita bilishni
o‘rgatadi, musiqa mazmunini, go‘zalligini tushunishiga, musiqaga bo‘lgan
qiziqishini va ixlosini o‘yg‘otishga, musiqiy tushunchalarni, musiqa qirralarini,
turlari va shakllarini, janrlarini ochib beradi va madaniy ozuqa beradi. Musiqa
ta’limiy jarayonlarni sifatli amalga oshirish uchun, avvalo rahbarning qanday
malaka va qobiliyatga yega yekanligiga bog‘liqdir.
Rahbar o‘z kasbini mutaxassisi
bo‘lishi, musiqani quvonch, baxsh yetadigan jonli san’at sifatida sevishi, unga
yehtirosli munosabatda bo‘lish hamda o‘zi sevmaydigan narsalarga bolalarda
muhabbat o‘yg‘ota olmasligini, hech qachon unutmasligi lozim.
Rahbar o‘z o‘rni
va qadrini bilish kerak. Mashg‘ulotda rahbar obekt, bolalar yesa subekt bo‘lishlari
lozim. Rahbar barcha ma’naviy kuchlarini safarbar yetish, g‘oyatda bardoshli,
bolalarni va o‘z ishini chinakam sevish kerak.