4.
Menejment-fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy
iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog’liqdir. U
iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda
boshqarish jarayonida
iqtisodiy metodlarni qo’llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta‘sir ko’rsatishga
asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika,
istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar
xam menejment fani bilan
chambarchas bog’liqdir.
Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o’rtasida muayyan munosabatlar
mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday
doirada amalga oshirilishi
lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo’llash xamda xo’jalik yuritish jarayonida
boshqaruv organlari, raxbarlar va ayrim kishilarning me‘yoriy xujjatlardan,
qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
Sotsiologiya, psixologiya
va mexnat fiziologiyasi
boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol
o’ynaydi.
Menejment fani boshqarishning umumiy
qonuniyatlarini
o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir. U
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan
axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini
o’rganadi. Kibernetika yutuqlari:
boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;
boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga
keng yo’l ochib beradi. Qayd qilingan aloqador
fanlarni
mukammal o’rganish boshqarishning sir-
asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo’llashga imkon beradi.