OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash
ko‘nikmalarini shakllantirish;
Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda
to‘g‘ri qaror qabul qilish;
Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini
tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni
“o‘qiy olish”;
OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning
manfaatlarini o‘zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir.
Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning
Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha,
«Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi
mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila
olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-
madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra esa,
mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va
bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga
undashdan iborat.
Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda
ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz
esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga
qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan
foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish,
mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.