FV da shikastlanuvchiga tibbiy yordam ko’rsatish tarmoqlari va ularning vazifalari




Download 20,91 Kb.
bet2/3
Sana11.12.2023
Hajmi20,91 Kb.
#116349
1   2   3
Bog'liq
Favqulotda vaziyatlarda o’ziga va o’zaro tibbiy yordam .

FV da shikastlanuvchiga tibbiy yordam ko’rsatish tarmoqlari va ularning vazifalari.
Bizning davlatimizda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun tibbiyot muassasalari, tez yordam stansiyalari va kechiktirib bo’lmaydigan yordam punktlari (travmatologik, stomatologik punktlar) tashkil qilingan. Òez yordam qarorgohining ishi ko’p qirrali. Unga shikastlanganlar va to’satdan ro’y bergan kasalliklarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, shoshilinch xirurgik va terapevtik yordamga muhtoj bemorlarni kasalxonaga, homilador ayollarni tug’uruqxonaga yetkazish vazifasi yuklangan. Òez yordam mashinalari har qanday chaqiriq bo‘yicha so’zsiz yetib borishlari shart. Hodisa yuz bergan joyga yetib kelgan tez yordam shifokori yoki feldsher birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatadi va shikastlangan yoki kasal kishini malakali transportirovka qilishni ta’minlaydi. Tez yordam xizmati to’xtovsiz rivojlanib va takomillashib bormoqda. Hozirgi vaqtda davlatimizda hamma yirik shaharlarda yuqori malakali shifokorlik birinchi yordamni ko’rsatish imkonini beradigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maxsus mashinalar (reanemobil) mavjud. Bu mashinalarda ishlaydigan shifokorlar va feldsherlar zarurat bo’lganda hodisa yuz bergan joyda mashinada statsionarga kelayotgan paytda bemorlarga qon o’rnida ishlatiladigan suyuqliklar quyadilar, yurakni bevosita ishga tushirish chorasini ko’radilar yoki maxsus apparatlar yordamida sun’iy nafas oldiradilar, narkoz beradilar, ziddi zahar va boshqa dorilar beradilar. Tez yordam xizmatini shunday mashinalar bilan ta’minlash yordam ko’rsatishni birmuncha yaxshilaydi, uning samaradorligini oshiradi. Bu mashinalarda poliklinika, tibbiyot sanitariya qismlari, tez yordam punktlari shifokorlari chaqiriqlar bo’yicha bemorlarga xizmat qiladi. Tez yordam qarorgohlarida bemorlarni xirurgik, terapevtik statsionarga yetkazish, infeksion, psixiatrik va boshqa ixtisoslashgan kasalxonalarga malakali transportirovka qilishni amalga oshirishga xizmat qiladigan bolinmalar mavjud.
Shifokorgacha bo’lgan birinchi tez tibbiy yordam zarar ko’rgan yoki kasallanib qolgan kishiga hodisa yuz bergan joyda va uni tibbiy muassasaga yetkazish davrida o’tkaziladigan shoshilinch tadbirlar majmuyidir. Birinchi tez tibbiy yordam tadbirlari quyidagi uch guruhni o’z ichiga oladi:

  1. Tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, yuqori yoki past harorat, og’ir narsalardan ezilish) ta’sirini zudlik bilan to’xtatish va shikastlangan kishini u tushgan noqulay sharoitdan chiqarish (suvdan olib chiqish, yonayotgan zaharli gaz to’plangan xonalardan olib chiqish).

  2. Shikast, baxtsiz hodisa yoki to’satdan boshlangan kasallikning xarakteri va turiga ko’ra shikastlangan kishiga birinchi tez yordam ko’rsatish (qon oqishini to’xtatish, jarohatga bog’lov qo’yish, sun’iy nafas oldirish, yurakni ishga tushirish, ziddi zaharlar berish).

  3. Kasal yoki shikastlangan kishini davolash muassasasiga tezda olib borish (transportirovka qilish). Birinchi yordam ko’pincha o’zaro va o’z-o’ziga yordam berish tariqasida ko’rsatiladi, chunki cho’kayotgan odamni suvdan chiqarilmasa, odamni o’t tushgan xonadan olib chiqilmasa, uni bosib qolgan narsalardan ozod qilinmasa, uning halok bo’lishi muqarrar.


Download 20,91 Kb.
1   2   3




Download 20,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FV da shikastlanuvchiga tibbiy yordam ko’rsatish tarmoqlari va ularning vazifalari

Download 20,91 Kb.