33
AS rejimi tanlanganda faqat o’zgaruvchi signallarni kuzatish mumkin
(o’zgarmas signallar uchun yopiq kirish rejimi). Sukut bo’yicha DC (ochiq
kirish) rejimidan foydalaniladi. Bu holda ostsillograf ekranida qo’shimcha
ravishda signalning o’zgarmas tashkil etuvchisi ham aks ettiriladi.
Ostsillografning kirishini korpusga ulash uchun 0 rejimi tanlanadi.
2.16-rasm. Funktsional generator (Function Generator)
Funktsional generator (Function Generator) sinusoidal, uch burchak va
to’g`ri burchakli signallarni hosil qiladi (2.16-rasm). Uning dialog panelida
signalning chastotasi (Frequtncy) va amplitudasi (Amplitude) beriladi. Bundan
tashqari, Offset bo’limidan foydalanib chiqish kuchlanishiga o’zgarmas
kuchlanishni qo’shish mumkin. Impuls davomiyligining signal davri
davomiyligiga nisbatining qiymati foizlarda panelning Duty cycle bo’limida
o’rnatiladi.