|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 34/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydLegirlangan po’latlar
Ishqalanish juftliklri uchun materiallar sifatida kulrang, juda puxta va bolg’alanuvchan cho’yanlar ishlatiladi. Bu cho’yanlardan podshipnik, vtulka va boshqa ishqalanishda ishlovchi detallar tayyorlanadi. CHo’yanlarning antifriktsion xossasi ularning tarkibidagi perlit, ferrit miqdoriga bog’liq.
Legirlangan po’latlarning toblanish chuqurligi katta, lekin toblanish tezligi kichik bo’lganligi sababli ular sovitish tezligi kichik bo’lgan muhit (havo, moy) larda toblanadi. Bu esa buyumlardagi deformatsiyani kamaytirib, darz paydo bo’lish xavfining oldini oladi.
Toblanish chuqurligini oshirish maqsadida po’latlar marganets, xrom va bor singari nisbatan arzon hamda nikel, molibden kabi nisbatan qimmatbaho elementlar bilan legirlanadi.
Konstruktsion legirlangan po’latlar sonlar va harflar bilan markalanadi. Marka oldidagi ikki xonali son po’lat tarkibidagi uglerod miqdorining yuzdan bir foizini ko’rsatadi. Sonlardan keyingi harflar legirlovchi elementlarni, harflardan keyingi sonlar esa to’liq foizdagi legirlovchi elementlar miqdorini bildiradi. Legirlovchi elementlar harflar bilan quyidagicha belgilanadi: A–azot, B–niobiy, V–volfram,
G–marganets, D–mis, Ye–selen, K–kobalt, N–nikel, M–molibden, P–fosfor,
R–bor, C–kremniy, T–titan, F–vanadiy, X–xrom,Yu–alyuminiy va h.k.
Legirlangan po’latlar sifatli bo’lib, ulardagi fosfor, oltin gugurt elementlarining miqdori 0,035 % dan oshmaydi.
Yuqori sifatli legirlangan po’latlar tarkibida bu elementlar miqdori 0,025 % dan oshmaydi va marka oxiriga A harfi qo’yiladi. Juda yuqori sifatli po’latlarning markalari oxiriga A harfi qo’yiladi.
Quyidagi misollar yordamida legirlangan po’latlarning markalarini sharhlaymiz:
12X2N4A–0,12 % uglerod, 2 % xrom, 4 % nikel va A–yuqori
sifatli; 18XGT–0,18 % uglerod, legirlovchi elementlardan keyin sonlar
yo’qligi 0,8–1,2 % ekanligini, 0,03–0,09 % titan borligini bildiradi.
Vanadiy, titan, niobiy, volfram, azot kabi elementlar po’lat tarkibida kam miqdorda bo’lib, uning xossalariga kuchli ta’sir ko’rsatadi hamda ular po’latning markasida ko’rsatilmaydi. Masalan, 10F2B–0,02–0,05% niobiy, 20XGM – 0,001–0,005% bor elementlari mavjud.
Tarkibida uglerod miqdori 0,22 % dan kam bo’lgan va oz miqdorda marganets, kremniy, xrom, nikel, mis, vanadiy, titan, azot elementlari bilan legirlangan po’latlar kam legirlangan po’latlar deyiladi. Bu po’latlarga 09F2, 09F2C, 10F2C1, 15FO markalarni misol qilib keltirish mumkin.
Kam legirlangan po’latlar yaxshi payvandlanadi, payvandlashda darzlar paydo bo’lmaydi. Payvand chokning xossalari asosiy metall xossalariga yaqin bo’ladi. Legirlovchi elementlar ferritda erib, donalar o’lchamlarining va karbid fazalarining maydaboiishini ta’minlaydi. SHu sababli kam legirlangan po’latlar uglerodli po’latlarga nisbatan yuqori tnexanik xossalarga ega. Uglerodli po’latlar o’rnida kam legirlangan po’latlar ishlatilganda metall sarfi 15 % kamayadi.
Temir–beton konstruktsiyalarni mustahkamlashda uglerodli va kam legirlangan 35FC, 23X2F2T, 20X2F2C po’latlari ishlatiladi.
Kam legirlangan tsementitlanadigan po’latlar tarkibida 0,15–0,25 % uglerod hamda 4,4% gacha legirlovchi elementlar mavjud. Bunday po’latlarning ustki qismi uglerodga to’yintirilib, keyin termik ishlanadi. Bunda buyum o’rta qismining qovushoqligi va plastikligi saqlanib qoladi. Yuza qismining qattiqligi 58–62 NRC ga yetadi.
TSementitlanadigan po’latlarda legirlovchi elementlar miqdori yuza va o’zak qismining toblanish chuqurligi yetarli bo’lishini ta’minlash kerak. Karbid hosil qiluvchi elementlar xrom, marganets uglerodning austenitda eruvchanligini kamaytiradi. Bu esa tsementitlanadigan qatlamda karbidlar hosil bo’lishi va austenitning legirlovchi elementlar bilan qo’shilishiga olib keladi. Natijada toblanish chuqurligi kamayib, mexanik xossalari yomonlashadi. TSementitlanadigan qatlamning toblanish chuqurligini Mo oshiradi.
TSementitlanadigan qatlam donalarini maydalash maqsadida po’latlar vanadiy, titan, niobiy, tsirkoniy, alyuminiy va azot bilan mikrolegirlanadi.
Po’latlar tarkibidagi legirlovchi elementlar nomi bilan yuritiladi:
xromli po’latlar (15X, 20X). Bu po’latlar tarkibida xromning bir
qismi ferritda, bir qismi tsementitda eriydi yoki maxsus karbidlar hosil
qiladi. Xromli po’latlardan o’lchamlari kichik, oddiy shaklli buyumlar
tayyorlanadi. Bu po’latlarning toblanish chuqurligi kichik:
xrom-vanadiyli po’lat (20XF) 0,1–0,15 % vanadiy bilan legirlanishi natijasida mexanik xossalari yaxshilanadi. Bundan tashqari, termik ishlanayotganda haroratning ko’tarilishi po’lat donasining o’sishiga kam ta’sir etadi;
|
| |