www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 90
Ushbu metodga maktab kursining 9-sinf Matematikasidan 8-sinfda o`tilgan
mavzularni takrorlash bobidan “Masalalar yechish” mavzusini tanladik. Bu mavzuda
o`tilgan mavzu ya’ni “Matnli masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida
yechish”ga doir masalalar yechiladi. Unda sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linib,
masalalar tarqatma material ko’rinishida tarqatiladi.
Doskada o’qituvchi tomonidan namuna sifatida masala yechib ko’rsatiladi.
Masala: Ikki sonning yig‘indisi 51 ga teng, ularning ayirmasi esa 21 ga teng.
Shu sonlarni toping?
Yechish: 1-son-x, 2-son-y
x y 51
x y 21
x y 51
2y=30, y=15.
x y 21
x y 51
2x=72,
x=36.
x y 21
Javob: x=36, y=15.
variant
1.
O’quvchi 3 ta umumiy daftar va 2 ta qalam uchun a so‘m to‘ladi.
Ikkinchi o‘quvchi xuddi shunday 2 ta umumiy daftar va 2 ta qalamga b so‘m
to‘ladi. Umumiy daftar necha so‘m va qalam necha so‘m turadi? (a va b ni o‘zingiz
tanlang).
2.
To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 32 sm ga teng. Qo‘shni tomonlarining
ayirmasi 2 sm ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlarini toping.
www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 91
3.
Ikki fermer birgalikda 1456 sr bug‘doy yig‘di. Birinchi fermer 46 ga,
ikkinchi fermer esa 35 ga maydondan bug‘doy yig‘ib oldi. Agar birinchi fermer 1 ga
maydondan ikkinchiga qaraganda 7 sr ko‘p bug‘doy olgan bo‘lsa, har bir fermer bir
gektar yerdan necha sentnerdan hosil olgan?
variant
1.
14 m matodan 4 ta erkaklar va 2 ta bolalar kastumi tikish mumkin. Agar
15 m shu matodan 2 ta erkaklar va 6 ta bolalar kastumi tikish mumkin bo‘lsa, bitta
erkaklar va bitta bolalar kastumi tikish uchun necha metr mato kerak bo‘ladi?
2.
Agar ikki sondan birinchisining ikkilanganidan ikkinchi sonning ayirmasi
7 ga teng, birinchi sondan ikkinchi son ikkilanganining ayirmasi 8 ga teng bo‘lsa, shu
sonlarni toping.
3.
Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlab ikkita firma esdalik
sovg‘alari tayyorladi. Sovg‘alarni tayyorlash uchun I firma 30 kun, II firma 28 kun
ishladi. Agar I firma 6 kunda II firma 4 kunda tayyorlaganidan 6000 dona ko‘p sovg‘a
tayyorlagan bo‘lsa, har bir firma bir kunda nechta esdalik sovg‘alari tayyorlagan?
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, mazkur texnologiya bir mashg‘ulot
davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish,
erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga ya’ni muammoli,
munozarali va turli mazmunli ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z
ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida
har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki
o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashiga imkoniyat beradi.
Ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish
uslublari interfaol uslublar pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir.
|