Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
194
Biri tandir ko‘ryapti.
Biri menga qolsin der.
Bitta tulporga qarab
Bitta go‘dakka qarab
Biri naslini o‘ylar,
Biri kelajak deydi,
Biri qazini o‘ylar.
Biri so‘lajak deydi.
Bitta
chamanga qarab
Biri biriga qarab...
Biri gulni ko‘ryapti,
Birda shayton ko‘rinar,
Biri pulni ko‘ryapti.
Birda inson ko‘rinar. (35-bet)
Ushbu she’rda hayotning turli oq va qora, yaxshi-yomon kabi ko‘rinishi o‘z
aksini topgan chuunki biz yashayotgan olam hamisha mana shunday qarama qarshi
qutbdan iborat. Birdan ortiq kelgan undoshli so‘z ta’kidlash ma’nosi anglashiladi.
Bir shaxs yoki narsa misolida uning ikki xil ma’nosi
ezgulik va yovuzlik
tushunchalari anglashiladi. Ushbu tushunchalar markazida inson turadi.
Yuqoridagi
misollarda Geminatsiya. Badiiy nutqda keng qo‘llaniladigan
fonetik usullardan yana biri geminatsiyadir. “Tilshunoslik
terminlarining izohli
lug‘ati”da mazkur hodisa “qo‘sh undoshlik - ikki aynan bir xil undoshli holatning
yuzaga kelishi” sifatida izohlanadi. “O‘zbek tili tarixiy fonetikasi” o‘quv
qo‘llanmasida esa bu hodisa “qo‘shoqlanish” yoki “ikkilangan undosh” deb
yuritiladi: “qo‘shoqlanish- undoshlarning cho‘zilishi, ikkilanishi hodisasini fonetik
o‘zgarishlar sirasida ko‘rib chiqish o‘ta shartlidir. Lekin bu hodisa faqat ikki unli
orasidagi yakka undoshda sodir bo‘la olishi bilan fonetik o‘zgarishlarga o‘xshaydi.
Olim Adham Abdullayev esa “undoshlarni qavatlash” atamasini ishlatgan1.