Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
20
aniqlovchi esa jonivorning tashqi ko‘rinishi bilan birgalikda uning harakat
xususiyatini aniqlab kelgan. Jumlada aniqlovchilar orqali pragmatik ma’no
ifodalangan.
Gaplarda hollar ham o‘zining ahamiyatiga ega. Jumladan, holning ishtirok
etishi sabab, holat, o‘rin, payt, miqdor, maqsad ma’nolarini ifodalash bilan birga
voqeani kitobxon ko‘z o‘ngida jonli gavdalantirishga xizmat qiladi. Bu ayniqsa,
o‘rinni ifodalaganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan: …
Oqsoqolning kattakon,
kungirador darvozasidan kirsam, Zuhra kelin atirgullar g‘unchalay boshlagan
gulzor chetidagi ariq bo‘yida kir yuvib o‘tirgan ekan. (“Ikki eshik orasi”)
Sintaktik birliklar ichida kirish so‘z va birikmalar Ifoda etilayotgan fikrga
munosabat baldirish bilan birga pragmatik qiymatga ham ega. Kirish so‘zlar orqali
ajablanish, gumon, qoyil qolish, taajjub, tasdiq, inkor xulosa kabi ma’nolar
ifodalanadi. Bu kabi so‘zlar obrazga so‘zlashuv bo‘yog‘ini berish maqsadida
qo‘llanadi.
Ajablanish va taajjub manosida:
Ajab, u xushchaqchaq qo‘shiq aytardi-yu,
ovozi mungli edi. Ajab, inson xotirasi-eshigi yopib qo‘yilgan omborga o‘xsharkan. .
(“Ikki eshik orasi”)
Gumonni ifodalaydi:
Ehtimol, kecha onam ham shu oymomoga termulib, meni
o‘ylab yotgandir. (“Ikki eshik orasi”)
Tasdiq ma’nosida:
To‘g‘ri, urush bitganiga besh yildan oshdi. (“Ikki eshik
orasi”)
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sintaktik birliklar ichida gap asosiy fikr
almashinuv manbayi hisoblanib, unda har bir bo‘lak pragmatik ma’no ifodalashi
mumkin. Gap tarkibida keluvchi kirish so‘z va birikmalar ham pragmatik mazmun
ifodalashini ko‘rib o‘tdik. Nasriy asarlarga obrazlar xususiyatini ochib berishda,
ijtimoiy hayot tarzini tasvirlab berishda, muloqot jarayonida o‘zaro munosabatni
ifodalashda fonetik, leksik hamda sintaktik birliklarning pragmatik xususiyati
yaqqol ko‘zga tashlanadi, kirish so‘z va birikmalar o‘zining semantik ma’nosi bilan
birgalikda pragmatik qiymatga ham ega. Bu birliklar matnda so‘zlovchi va
tinglovchiga emotsional-ekspressiv ta’sir etish uchun xizmat qiladi.