Baholash tartibi va mezonlari




Download 6,85 Mb.
bet72/73
Sana12.12.2023
Hajmi6,85 Mb.
#117441
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
PR 111 UMK

Baholash tartibi va mezonlari

Talabalarning har bir semestrda fanlarni o‘zlashtirishi har bir baholash turlari bo‘yicha: 5 (a’lo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli) va 2 (qoniqarsiz) ko‘rinishida baholanadi. 5, 4 va 3 baholar ijobiy hisoblanadi. Baholashda raqam va matn bir xil talqin etiladi.


Malakaviy amaliyot, kurs ishi (loyihasi), fan (fanlararo) davlatat testatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha talabalar o‘zlashtirishi ham yuqoridagi baholash turlari bo‘yicha baholanadi.
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
5 (a’lo) baho:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, ifodalash, aytib berish;
fan bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish.
4 (yaxshi) baho:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, ifodalash, aytib berish;
fan bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish.
3 (qoniqarli) baho:
mohiyatini tushunish;
bilish, ifodalash, aytibberish;
tasavvurga ega bo‘lish.
2 (qoniqarsiz) baho:
fan dasturni o‘zlashtirmaganlik;
fanning mohiyatini bilmaslik;
aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
mustaqil fikrlay olmaslik.
Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Baholash turlari bo‘yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofiq talabaning o‘zlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi kerak.
Savollar (topshiriqlar) ning talab darajasida tuzilishi bo‘yicha mas’uliyat fan professor-o‘qituvchilari hamda kafedra mudiriga yuklatiladi. Savollar (topshiriqlar) tarkibiga ishchi fan dasturida ko‘rsatilgan barcha materiallar, xususan nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, laboratoriya va hisob-grafikai shlari, amaliy 
va seminar mashg‘ulotlari va boshqa materiallar ham kiritiladi.

Download 6,85 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Download 6,85 Mb.