242
boshqa turi bu suyultirilgan propan-butan arlashmasi (SNG) yoki yo‘lovchi
(poputniy) gaz, neft qazib chiqarish va neft-gazni qayta ishlashda yo‘l-
yo‘lakay hosil bo‘ladigan mahsulot. SNGning jahon YOEBdagi ulushi
taxminan 2,2%ni tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda esa 4,0 -4,2%.
G‘arbiy Evropada SNG taxminan 10% ichki yonish dvigatellari uchun
yonilg‘i sifatida qo‘llanadi. O‘zbekistonda yiliga motor yonilg‘isi sifatida
30,0 ming t. SNG va 70,0-72,0 mln. kub metr STG foydalaniladi, bu esa
tabiiy resursning o‘ndan birini tashkil etadi. Shunday qilib, O‘zbekistonda
tabiiy gaz energiyani iste’mol qiluvchilar uchun, va birinchi navbatda,
transport uchun, asosiy va istiqbolli yonilg‘i turi bo‘lib qoldi. Siqilgan tabiiy
gazni Respublikada mavjud bo‘lgan ishlatish infrastrukturasi (32 avtomobil
gazto‘ldiruvchi kompressor shaxobchalarda sutkasiga 12500ta gaz to‘ldirish)
yiliga 230-250 mln. kub metr tabiiy gazdan foydalanish imkoniyatini beradi,
ya’ni 190-200 ming t. benzinga teng keladi, bu esa O‘zbekistonga neft import
qilishni to‘liq tugatish imkoniyatini beradi.
Suyultirilgan neft gazi (SNG) bashorat qilinayotgan va amalga
oshirilayotgan ishlab chiqarish, 2009 yili 1,0 mln. tonnagacha, kimyo sanoati
chiqaradigan yonilg‘i aralashmalarining resursi haqiqatda iste’molchilarning
30-35%ini ekologik toza motor yonilg‘isi bilan ta’minlash imkoniyatini
beradi.