72
elektr tokini o‘tkazadigan elektrolit (tuzlar, kislotalar va ishqorlarning
suvdagi eritmasi) hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keladi.
QXTlarning barcha tashqi va ichki detallari zanglashga uchrashi mumkin.
Kuzov detallari yupqa (0.5
1,2 mm) po‘latlardan tayyorlanadi va faqat
ozgina qalinlikdagi gruntovka bilan himoyalanadi, ular 2
2,5 yil
ekspluatatsiyadan keyin, zanglash natijasida, ayrim joylari ishdan chiqadi.
Qishloq xo‘jalik texnikasi zanglashini oldini olishning ikki yo‘nalishi
mavjud. Birinchisi - zanglashning oldini olish, ikkinchisi zararli muhit
ta’siridan himoyalash tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Albatta, zanglashni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo‘qotish maqsadga
muvofiq, lekin buni qisman amalga oshirish mumkin. Iqlim ta’sirini oldini olish,
asosan, mashinalarni yopiq joylarda, shamollatishni yaxshi tashkil qilish bilan
amalga oshiriladi. Zararli moddalar ta’sirini kamaytirish esa qishloq xo‘jaligida
ishlatiladigan ximikatlarning zararsizlaridan foydalanib maqsadga erishiladi. Lekin
bu masala kelajakda hal qilinishi mumkin, holos.
Qishloq xo‘jalik texnikasini loyihalashda va ishlab chiqarishda
ishlatiladigan materiallarni to‘g‘ri tanlash va ijobiy konstruksion ishlamalar
bilan korroziyalanishni kamaytirish mumkin. Shu bilan birga, kuzov
detallarini loyihalashda har xil iflosliklar va namlik yig‘iladigan «cho‘ntak»
joylarni mumkin qadar kamaytirish, tarkibida agressiv moddalar kam bo‘lgan
yonilg‘i moy mahsulotlaridan foydalanish lozim.
Keyingi yillarda mashinalarni espluatatsiya va ta’mirlash davrida zararli
muhit ta’siridan himoyalash keng qo‘llanilmoqda. Mashinalarning tashqi
qismini himoyalash uchun, ular yuzasiga zanglashga qarshi materialdan
yupqa parda qoplanmoqda. Buning uchun asosan quyidagi materiallar: plastik
moy (PVK (GOST 19537-74), VTV-1 (TU 38181180-78), UNZ po TU
38001277-76), mastika (№ 579, № 580, BMP-1, №4010) va konservatsiya
moyi qullaniladi. Zanglashga qarshi parda detallarni zanglashdan saqlash
bilan birga shovqinni ham kamaytirishga yordam beradi.