38
2.9- rasm Imitatsion modellash jarayoni sxemasi.
Bu usul qo‘llashni sinashlarni tezlashtiradi, ularga ketadigan sarf-xarajatlarni
kamaytiradi, tajribalarni modelda o‘tkazib, TXK davriyligining eng maqbul
variantini tanlab olish imkonini beradi. Modellashtirish EHMda bajarilishi
mumkin. Dastlabki ma’lumotlar sifatida tasodifiy sonlarning taqsimlanishi
qonunlari xizmat qiladi. (2.9- rasm)
Eng maqbul TXK davriyligi quyidagicha aniqlanadi:
- TXK davriyligi – x
i
va variatsiya koeffitsienti – v tayinladi;
- hisob kitob ma’lumotlaridan ikkita axborot to‘plami yaratiladi: birinchi
to‘plam bir buzilishga to‘g‘ri keladigan yo‘l (x
i
), ikkinchi to‘plam – TXK
davriyliklari (ℓ). Birinchi axborot to‘plamidan tasodifiy ravishda x
i
ning
muayyan miqdori ikkinchi axborot to‘plamidan esa ℓ
j
ning muayyan miqdori
olinadi. Agar x
i
< ℓ
j
bo‘lsa, buzilish qayd etiladi, agar x
i
≥ ℓ
j
bo‘lsa, TXK
operatsiyasining bajarilishi qayd etiladi. Tajriba ko‘p marta qaytarilib,
buzilish extimolligining qiymati hamda operatsiyaning profilaktik bajarilish
extimolligi qiymati olinadi. Agar tajribalarda buzilmasdan ishlash ehtimolligi
ruxsat etilgan ehtimollikdan kam chiqsa, unda TXK davriyligining
kamaytirilgan qiymati qabul qilinib, tajriba davom ettiriladi.