24
qat’iylashtirilgan (reglamentli) hajmi bajariladi (moy almashtirish, ilashish
muftasi tepkisining erkin yo‘lini sozlash, klapanlar
tirqishini rostlash va
boshqalar).
Bu taktika qo‘llashda sodda bo‘lib, uzel ish qobiliyatini R = 1- F
ehtimollik bilan kafolatlaydi.
Uning kamchiligi texnik holat ko‘rsatkichlarining variatsiyalari sharoitida
detallarning kattagina qismining resursi tayinlangan TXK davriyligidan o‘tib
ketadi va bu resursdan to‘liq foydalanmaslik, qo‘shimcha sarf xarajatlarni
yuzaga keltiradi.
2.1 - rasm. Ishlash davomiyligi bo‘yicha TXK (S
I-I
) taktikasi.
Texnik holat bo‘yicha TXK taktikasi (S
I-II
).
Texnik holat va sarf-
xarajatlarni hisobga olib ba’zi qismlarga bir TXK oralatib (2-TXK) TXK
ko‘rsatish mumkin. Buning uchun hamma buyumlarning texnik holatini har
bir TXK da tekshirish (holat bo‘yicha TXK (S
I-II
) va buyumlarni ikki guruhga
bo‘lish kerak. (2.2- rasm)
Birinchi guruhdagi buyumlar navbatdagi tekshiruvlararo oraliqda ( ℓ
TXK
dan 2ℓ
TXK
gacha): ℓ
TXK
< x < 2ℓ
TXK
va bir buzilishga to‘g‘ri keladigan
salohiyatli ishlash davomiyligiga ega.
Bu buyumlar R
1
ehtimollik bilan
profilaktik amalning nazorat va ijro etish qismini bajarishni talab etadi.
Agar bunday ish qilinmasa, ular ℓ
TXK
...2ℓ
TXK
ishlash
davomiyligi
oralig‘ida ishdan chiqadi.
25
2.2-rasm. Holat bo‘yicha TXK (S
I-II
) taktikasi.
II guruhdagi buyumlar R
2
ehtimollik bilan x > 2ℓ
TXK
ishlash
davomiyligiga ega, ya’ni ular navbatdagi TXK gacha buzilishlarsiz ishlay
oladi. Shuning uchun ular bo‘yicha texnik holat
nazorati diagnostika bilan
cheklanib, ijro etish qismi keyingi TXK gacha (2ℓ
TXK
) qoldirilgani ma’qul.
Bu taktikaning afzalligi – muayyan buyumlarning amaldagi texnik holat
o‘zgarishi variatsiyasini hisobga olgan holda, uning resursidan to‘liq
foydalanishdir.
Uning kamchiligi har bir TXK da qimmatga tushadigan nazorat o‘tkazish
va buyumlarni me’yoriy holatga keltiruvchi
guruhga va navbatdagi TXK
gacha buzilishsiz ishlay oladigan guruhga bo‘lishdir.