Marg’ilon shahar mmtbga qarashli 25-sonli maktabining 11-sonli




Download 55.5 Kb.
Sana14.03.2024
Hajmi55.5 Kb.
#172245
Bog'liq
25 ОММАЛАШТИРИШ (2) 2024-12-03
TOXIROVA DIYORAning Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Matematik mantiq va diskret matematika. 2-jild (H.To\'rayev, I.Azizov)

Marg’ilon shahar MMTBga qarashli 25-sonli maktabining 11-sonli
navbatdan tashqari pedagogika kengashi bayonnomasidan
KO'CHIRMA
2024-yil 12-mart Marg’ilon shahri
Rais: Maktab direktori: M. Xolmatov
Kotibi: F. Halilova
Qatnashdi: Maktabning 104-nafar pedagogi
KUN TARTIBI:
Maktabda jamoaorasida o'zbilimi, iqtidori, qobiliyati va yaratuvchanligi
bilan o'rnak ko’rsatayotgan hamda maktab va shaharda tashkiletilgan
tanlovlarda o'quvchilari yuqori natijalarga erishayotgan o'qituvchilar ishlarini
ommalashtirish to'g'risida
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan o'quvishlari bo'yicha director o’rinbosari F. Pulatov so’zga chiqib, talabchan, izlanuvchan va yuqori natijalarga erishayotgan o'qituvchilarning ilg'orishlarini maktab miqyosida ommalashtirish shahar, viloyat hamda respublika bosqichlariga tavsiya etish lozimligini aytib o’tdi. Shuningdek, ish tajibalarini ommalashtirish orqali boshqa o'qituvchilar yangi metodlar o'rganishi, bu orqali dars berish sifati o'sishini ta'kidladi. O'qituvchilarning darsda va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda barcha o'quvchilar bilan birgalikda hamohang ishlaydigan jonkuyar va zamonaviy o'qituvchi ekanligi haqida fikr yuritdi. Metodbirlashma rahbarlari tomonidan shaharda o'qituvchilar uchun o'tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok qilishi va o’quvchilarining faol ishtiroki uchun o'zzimmasiga yuklatilgan barcha topshiriqlarni na’munali bajarayotganligi yuzasidan asoslar taqdimetdi. Shuningdek, o'qituvchilarning o'qitayotgan sinflarida o'tkazilgan ochiqdarslari maktabda barcha o'qituvchilar tomonidan turli xildagi uslublari, o’yinmetodlari, turlituman mavzuga mos ko'rgazmalardan foydalanishining iliq kutib olinishi va kerakli metodlarni o'zlari uchun qo'llashlari aytib o'tildi. Shularni inobatga olgan holda quyidagi nomlari ko'rsatilgan o'qituvchilar darsishlanmalari ommalshtirish uchun tavsiya qilinadi:



O’qituvchining ismi va familiyasi

Sinfi

O’qitadigan fani

Mavzusi

1

YuldashevaNargiza
SoliyevAbdusattor

5-11

Geografiya

Maktab va akademik litseylarda amaliy geografiya fanni o’qitishdapedagogik texnologiyalarni


SO'ZGA CHIQDILAR:


Ma'naviy-ma'rifiyishla bo'yicha director o'rinbosari Sh. Akbarov barchamizga ma'lumki, pedagogikada eng muhim qadamlardan biri tajriba almashishdir. Fan o'qituvchilari o'zaro dars kuzatishi, bir-biridan dars berish metodlarini o'rganishi va bir-biri bilan o'zbilganlarini baham ko'rishi o,qituvchilar orasida hamkorlikning tashkil qilinishi ta'limdam uhim sanaladi. Shunday ekan ijodkor va tajribali o'qituvchilarni aniqlab ularning dars berish metodlarini kengomma bilan baham ko'rish kerak deb o'ylayman.
Oliy toifali boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi F. Halilova: O’quv fanlari dasturi va darsliklarida uzviylik va uzluksizlikning ta'minlanishi o’quvchilarning fan asoslarini puxta o’rganishlarida alohida ahamiyat kasb etsa, fanlararo aloqadorlik fanlarning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Fanlararo bog'liqlik ta'lim sifatini oshirishga, darslarning qiziqarli, mazmunli, tushunarli, noan'anayiy bo’lishiga xizmat qiladi.
Yig'ilishda maktab rahbariyati va jamoasi tomonidan bildirilgan fikrlarni e'tiborga olib, tajribali o'qituvlarning ishlarini ommalashtirish masalasi birovozdan ma'qullandi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida pedagogik kengash yig’ilishida
QAROR QILINDI:
l.MaktabO'IBDO' F.Po’latovning tajribali 'qituvchilarning namunali ishlari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2.Marg’ilon shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 25-sonli maktabining o'qituvchilari: Yuldasheva Nargisa, Soliyev Abdusattorlarning ilg'or ish tajribalari ommalashtirishga tavsiya qilinsin.
3. Ushbu qarorga muvofiq maktab miqiyosida ommolashtirilgan ilg’or ish tajribali o’qituvchilarning metodik ishlari elektron (pdf) shaklida qaror rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir oy muddatda ommalashtirish plarformasiga joylashtirilsin.

Pedagogik kengash raisi: M. Holmatov


Kotibi: F. Xalilova
Download 55.5 Kb.




Download 55.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marg’ilon shahar mmtbga qarashli 25-sonli maktabining 11-sonli

Download 55.5 Kb.