355
nou-xaularning biror boshqaruvchisiz, inson ehtiyoji va istagiga javoban birlashishidir!
Daraxtni faqat xudo yarata olgani sababli, meni ham faqat xudo yarata oladi degan
fikrni ma'qullayman. Inson molekulalarni birlashtirib, daraxt yarata olmaganidek, u
meni yaratishi uchun ham millionlab qobiliyatlarni boshqara olmaydi.
Yuqorida «Agar men mo'jizaning ramzi ekanligimni anglasangiz, insoniyat
umidsizlik bilan qo'ldan boy berayotgan erkinlikni saqlab qolishga o'z hissangizni
qo'shgan bo'lasiz» deganimda, men aynan shuni nazarda tutgan edim. Nega deganda,
agar bu nou-xaular inson ehtiyoji va talabiga javoban, hech qanaqa davlat yoki
majburlovchi organ ishtirokisiz, o'z-o'zidan avtomatik tarzda ijodiy va unumli
faoliyatga kirishishini anglasangiz, unda sizda erkinlikning asosiy ingredienti, inson
erkinligiga ishonch bor. Ushbu ishonchiz ozodlikka erishib bo'lmaydi.
Davlat biror ijodiy faoliyat, masalan pochta xizmati ustidan monopoliya o'rnatsa,
pochta xizmati erkin irodali shaxslar tomonidan samarali tashkil qilinishiga ko'p
odamlar boshqa inshonmay qo'yadilar. Bunga sabab, har bir shaxs pochta xizmatining
barcha ikir-chikirlarini bilmasligini tan olishida. U boshqalarning ham bunga qurbi
yetmasligini tushunadi. Bu taxminlar asosli. Hech qaysi shaxs qalam ishlab chiqarish
texnologiyasini bilmagani kabi, hech qaysi shaxs butun bir mamlakatning pochta
xizmatini tashkil qilish uchun yetarli bilim va qobiliyatga ega emas. Agar inson
erkinligiga ishonch bo'lmasa, millionlab mayda nou-xaular shakllanib, ehtiyojlarimizni
qoniqtirish uchun hamkorlikka kirishishini anglamasak, unda pochta xizmatini davlat
boshqaruvisiz tashkil qilib bo'lmaydi degan noto'g'ri xulosaga kelishimiz aniq.