Zararli hujumlar
Zararli dasturiy vositalar foydalanuvchini ruxsatisiz hujumchi kabi g‘arazli
amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular yuklanuvchi kod (.exe),
aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hujumchi zararli
dasturiy vositalardan foydalangan holda tizim xafsizligini obro‘sizlantirishi,
kompyuter amallarini buzishi, maxfiy axborotni to‘plashi, veb saytdagi kontentlarni
modifikatsiyalashi, o‘chirishi yoki qo‘shishi, foydalanuvchi komptyuterini
boshqaruvini qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari zararli dasturlar, hukumat
tashkilotlardan va korporativ tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy axborotni olish
uchun ham foydalanilishi mumkin. Zararli dasturlarning hozirda quyidagi
ko‘rinishlari keng tarqalgan.
-
viruslar:
o‘zini o‘zi ko‘paytiradigan programma bo‘lib, o‘zini boshqa
programma ichiga, kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat ichiga
biriktiradi.
-
troyan otlari:
bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‘rinuvchi dasturiy vosita
sifatida ko‘rinsada, yashiringan zararli koddan iborat bo‘ladi.
- Adware: marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun
foydalanuvchini ko‘rish rejimini kuzutib boruvchi dasturiy ta’minot.
- Spyware: foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kirituvchi va uni hujumchiga
yuboruvchi dasturiy kod.
- Rootkits: ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim tomonidan
aniqlanmasligi uchun ma’lum harakatlarini yashiradi.
-
Backdors: zararli dasturiy kodlar bo‘lib, hujumchiga autentifikatsiyani amalga
oshirmasdan aylanib o‘tib tizimga kirish imkonini beradi, maslan,
administrator parolisiz imtiyozga ega bo‘lish.
-
mantiqiy bombalar:
zararli dasturiy vosita bo‘lib, biror mantiqiy shart
qanoatlantirilgan vaqtda o‘z harakatini amalga oshiradi.
-
Botnet:
Internet tarmog‘idagi obro‘sizlantirilgan kompyuterlar bo‘lib,
taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan
foydalaniladi.
- Ransomware: mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon kompyuterida mavjud
qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki qulflab qo‘yib, to‘lov amalga oshirilishini
talab qiladi.