1. Agar Vilson kamerasiga uchib kirgan (7.9-rasmga qarang) elektron treki (izi)ning radiusi 4 cm, magnit maydon induksiyasi 8,5 mT bo‘lsa, elektronning tezligi qanday?
⋅10 kg
Javobi: 6 · 107 m/s.
Fransuz fizigi A. Bekkerel 1896-yilda uran tuzlarida luminessensiya hodisasini o‘rganayotib, g‘aroyib hodisaga duch keldi. Uran tuzini fotoplastinka ustida qoldirgan Bekkerel plastinkani ochganida plastinkaga tuzning surati o‘tib qolganini ko‘rdi. Tajribani bir necha bor takrorlagan Bekkerel, bunday tuzlar qog‘ozdan, yupqa metalldan oson o‘tuvchi, havoni ionlashtiruvchi, luminessensiya hodisasini vujudga keltiruvchi noma’lum nur chiqaradi, degan xulosaga keldi.
Ushbu nurlar
radioaktiv nurlar (lotincha
radius – nur so‘zidan olingan),
radioaktiv
nurlarni chiqarish esa radioaktivlik deb nomlandi.
α, β, γ – nurlarga ajralib ketdi. Ularning birinchisi – geliy yadrosining oqimi, ikkinchisi –
elektronlar oqimi, uchinchisi esa γ – kvantlar (fotonlar) oqimidir.
Tabiiy radioaktivlik. Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas. Radioaktivlikni har tomonlama chuqur o‘rgangan er-xotin Mariya va Pyer Kyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element – poloniy (Po) va radiy (Ra)larni ajratib olish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Tabiiy radioaktiv elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda,
tuproqda, jonli organizmning hujayralarida, oziq-ovqatlarda istalgancha topiladi.
Tabiatda eng
ko‘p tarqalgan radioaktiv izotoplar
40K,
14C, uran va toriy izotoplari oilasidir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, radioaktivlik izotopning sof holda yoki biror
birikma tarkibiga kirishiga, qanday agregat holatda bo‘lishiga mutlaqo bog‘liq emas. Shu bilan birga,
na bosim, na temperatura, na elektr maydon va na magnit maydon tabiiy radioaktivlikka ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, radioaktivlik yadro ichidagi jarayonlargagina bog‘liq, degan xulosaga kelishdan boshqa ilojimiz yo‘q.