164
topografik, hamda kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lgan kompozitsion hisoblanadi.
Kontrast darajasi, shuningdek chiqishida signal hosil qiluvchi detektorga tushgan
nurlanishni aylantirish samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Olinayotgan kontrastlik
yetarli bo‘lmasa, u holda uni zond tokini ko‘paytirish bilan oshirish mumkin. Biroq
katta elektronlar oqimi, elektron optika hususiyatidan kelib chiqqan holda yaxshi
fokuslanmaydi, ya’ni zond diametri oshadi va bunga mos ravishda ajrata olish
qobiliyat kamayadi.
Ajrata olishni cheklovchi keyingi faktor namunada signallarni hosil bo‘lish
sohasining o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. 6.16 – rasmda elektron to‘plam namunaga
ta’sir qilganda turli nurlanishlarning hosil bo‘lish sxemasi keltirilgan. Birlamchi
elektronlar namunaga kirganda barcha yo‘nalish bo‘yicha sochiladi. Shuning
uchun namuna ichida elektron to‘plamni kengayishi yuz beradi. Birlamchi
elektronlarning YE = 0 energiyagacha sekinlashgan sohasida, nok simon shaklga
ega bo‘ladi. Namunada elektron to‘plamini yon tomonlarga kengayishi, zond
diametri 10 nm bo‘lganda ham, 1 dan 2 mkm gacha borishi mumkin.
Elektronlarning yoyilishi, elektronlarning namuna sirtiga chiqish yuzasi
elektronlar to‘plamining fokusidan katta bo‘lishiga olib keladi. Bunga bog‘liq
ravishda elektronlarning namuna ichida sochilish jarayoni akslangan, ikkilamchi va
yutilgan elektronlardan olinayotgan tasvirning ajrata olish qobilyatiga katta ta’sir
qiladi.