Logistik tizim ning funksional darajasi tuzilishi jihatidarr,
moddiy oqimlarni boshqarish uslublari va tamoyillari jihatidan
tu rii xil b o 'lg a n jaray o n lar guruhini tasniflab beradi. Bu
tizim ostilar guruhi quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishda
moddiy oqimlarni tashkil etish, xaridlarni boshqarish, logistika
qarorlarining huquqiy va axborot ta ’m inotini tashkil etish,
mahsulot sotishni tashkil etish.
Tashkiliy daraja
jarayonlarning hamma guruhlarini bir butun
jarayonga yig'uvchi tizimostilarni o‘z ichiga oladi. Bu tizimostilar:
buyurtmalarni boshqarish va ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni
boshqarishni tashkil etish. Ko'rsatib o'tilgan tizimostilarning har
biri o‘ziga tegishli masaialarni hal qiladi.
2-misol,
Logistik zanjir elementlarining o'zaro ta ’siri va ishlashini
ta ’minlab beruvchi tizimostilarda hal qilinadigan muammolar.
Omborlar ishini tashkil etish tizimostisi omborlar soni va tuzi-
lishini, ular bajaradigan ishlami aniqlab berish, materiallar hisobi
va nazorati bo'yicha muammolami hal qiladi. Transport ishini
tashkil etish tizimostisi transport vositalarining turi va miqdori,
transport yo'nalishlari va harakatlanish chizmalarini o'rnatish,
yuk oqimlarini optim allashtirish bo'yicha m uam m olarni hal
qilishga qaratilgan. Logistika bo'linmalarining faoliyatini tashkil
etuvchi tizimosti u bajaradigan ishlar, logistika jarayonini kadrlar
bilan ta’minlash bo'yicha muammolarni hal qilish uchun xizmat
qiladi.