418
Rasm 24 Tanlangan mavzu bo‘yicha nazariy materiallarning yoritilishi
Rasm 25. Bilimlarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi
Bilimlarni nazorat qilish qismi test texnologiyasi asosida
avtomatlashtirilgan holda ishlaydi. O‘quvchilar avtomatlashtirilgan test
topshiriqlarini bajarib, o‘zlarining mavzu bo‘yicha
olgan bilimlarini
sinovdan o‘tkazadilar. Berilgan test topshiriqlarini yechish jarayonida
avtomatlashtirilgan
tizim
javob
to‘g‘ri
bo‘lsa
mavzu
yaxshi
o‘zlashtiriganligi haqida axborot beradi (26- rasm), aks holda, mavzu
yaxshi o‘zlashtirilmaganligi haqida axborot berib, mavzuning qaysi
qismini qayta o‘qish kerakligi to‘g‘risida tavsiya beradi (27- rasm).
419
Rasm 26. Avtomatlashtirilgan tizimning test savoliga berilgan javob
natijasi haqidagi axboroti
Rasm 27. Mavzu yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va mavzuning qaysi
qismini qayta o‘qish kerakligi to‘g‘risida tizimning axboroti
Avtomatlashtirilgan tizim mavzuning qayta o‘qilishi kerak bo‘lgan
qismini avtomatik ravishda ekranga chiqaradi (28- rasm).
Ekranga
chiqarilgan mavzu qismlari testning to‘g‘ri javoblarini topishga yordam
beradi.
Nazariy materiallarning hammasi yuqorida ko‘rib o‘tilgan
texnologiya asosida o‘quvchilarga tavsiya qilinadi. Har bir mavzu
bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni baholash uchun ta’lim portalining
“Test” sahifasiga murojaat qilinadi.
420
Rasm 28. Avtomatlashtirilgan tizimning tavsiyasiga asosan 1- test
savoliga beriladigan javobning mazmuni yoritilgan nazariy material
qismi
“Test” bo‘limida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining
barcha bo‘limlari mazmunini qamrab olgan test topshiriqlari bir necha
variantlarda tavsiya qilingan. “Test” bo‘limiga murojaat qilinganda 29-
rasmda ko‘rsatilgan test varinatlarini tanlash oynasi hosil bo‘ladi:
Rasm 29. Test variantlarini tanlash oynasi
Tavsiya qilingan variantlardan biri tanlansa test topshiriqlari
ekranda paydo bo‘ladi (7- rasm).
Test topshiriqlarining har bir variantlari so‘nggi
qismida bajarilgan
testlarning natijalari chiqariladi. Natijalar 30- rasmda ko‘rsatilgan
natijani chiqarish oynasida bayon qilinadi.