403
- ko‘pchilik masofali kurslar o‘zining mohiyati bilan an’anaviy
sirtqi o‘qitishdan farq qilmayapti (o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi
doimiy aloqa yo‘q, majburiy kunduzgi sessiyalar bo‘lmoqda va hokazo);
- masofali kurslar, odatdagidek,
iqtisodiy samara bermayapti;
- amalda internet sharoitida o‘quvchilar bilan ishlashni tashkil
etadigan zamonaviy uslubiyotni egallagan masofali kurslarning tayyor
mutaxassislarini
– o‘quv guruh murabbiylari, tyutorlari va
muvofiqlashtiruvchilarning yo‘qligi;
- mahalliy va xorijiy ta’lim tizimlari bilan voqif bo‘lgan
mutaxassislarning yo‘qligi tufayli, respublika masofali o‘qitish tizimini
shunga o‘xshash boshqa xorijiy tizimlari bilan integratsiyasi yaxshi
yo‘lga qo‘yilmaganligi.
Shunday qilib, respublikada masofali o‘qitish
tizimini tezkor
rivojlanish talabi bilan mutaxassislarni yo‘qligi orasidagi qarama-
qarshilik mavjud. Shu kunga qadar respublikadagi birorta ta’lim
muassasasi (OTM, ta’lim markazi, akademik litsey va kollej, maktab,
malaka oshirish va qayta tayyorlash institutlari va boshqa) masofali
o‘qitish uchun birdaniga bir necha yo‘nalishda kompetentlikdagi:
- o‘zining predmet sohasida;
- o‘qitishning zamonaviy faol uslublarida (hakorlikda o‘qitishda,
loyihali, tadqiqiy va boshqa uslublarda);
- masofali o‘qitishda foydalaniladigan Internet texnologiyalarida;
- internet sharoitida muloqot psixologiyasi masalalarida;
- masofali kurslarni tashkil etish, boshqarish va monitoring olib
borish masalalarida mutaxassis (masofali o‘qitishning
xususiyati
shunday) tayyorlash bilan shug‘ullanmaydi.
Bunday keng kasbga ega bo‘lgan mutaxassislarni malaka oshirish
tizimi doirasida kompyuterli axborot va telekommunikatsiya negizida
tashkil etilgan masofali o‘qitish shaklida tayyorlash mumkin va zarur.
Bunday shaklda o‘qitishda bir vaqtni o‘zida katta sondagi o‘quvchilarni
qamrab olish imkoniyati mavjud.
Masofali o‘qitish (MO‘) o‘qitishning yangi yoki inqilobiy
texnologiyasi emas. MO‘ bir necha o‘n yillar oldin mavjud edi. Axborot
texnologiyalari va Internet tarmog‘i davrigacha MO‘ning asosiy tatbig‘i
oliy ta’lim muassasalaridagi sirtqi ta’limdan iborat bo‘lgan. Bunda
asosan o‘quvchilarga bilim yetkazish oddiy pochtadan iborat edi.
Albatta, bunday o‘qishning shaklida anchgina kamchiliklar bo‘lgan.
Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
404
- axborot almashinish nihoyatda sekin amalga oshirilgan,
o‘qishning umumiy davomiyligi nihoyatda katta bo‘lgan;
- o‘quvchi va ta’lim muassasasi turli davlatlarda joylashgan bo‘lsa,
o‘qish umuman qiyin bo‘lgan yoki bo‘lmagan;
- o‘qish natijasini baholash juda kamdan kam amalga oshirilgan
bo‘lib, bu holat aniq o‘quvchiga o‘qitish
dasturini moslashtirishni
qiynlashtirar edi.
Ushbu ikki omil masofali o‘qitishni o‘zgartirdi va uni zamonaviy
dunyoda haqiqatda samarali qildi:
- shaxsiy kompyuterlarning barcha erlarga tarqalishi;
- internet tarmog‘ining rivojlanishi.
Masofali o‘qitishda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash:
- o‘quv jarayonida Rich- media (video, audio, animatsiya,
foydalanuvchi bilan muloqot)ni foydalanish ;
- test sinovdan o‘tkazish va natijalarni qayta ishlashning qo‘shimcha
imkoniyatlari foydalanish;
- o‘quv jarayonini nazorat qilish imoniyatlarini berdi.
Kompyuterli o‘qitish sanoatining dastlabki davrlarida yaratilayotgan
o‘quv dasturlari qator kamchiliklarga ega edi:
- bilimlarni yetkazishning chegaralangan uslubi – odatda faqat CD
yoki disketada;
- yagona formatni yo‘qligi, aniq platformaga bog‘liqligi (masalan,
80- va 90- yilning boshlarida o‘quv materiallarini yaratishda, faqat
Macintosh kompyuterlarida ishlaydigan HyperCard dastur keng
tarqalgan edi);
- ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar orasida o‘quv
kontentini
almashinish standartining, shuningdek elektron materiallarni
oxirgi foydalauvchi (o‘quvchi)ga yetkazish standartini.
Internet tarmog‘ining rivojlanishi yuqorida bayon qilingan
muammolarni yo‘q qilish imkoniyatini berdi va masofali o‘qitishni
yangi darajaga olib chiqdi. Internet:
- bilimlarni yetkazish narxini pasaytirish;
- korporativ tarmoq standartlarini unifikatsiya qilishi;
- turli kompyuter platformalarida ishlaydigan texnologik echimlarni,
shuningdek, o‘quv materiallarini tayyorlash standartlarini yaratish;
- bozorni kengaytirish – endilikdaa ixtiyoriy kishi elektron
o‘qitishni tashkil qilayotgan tashkilot qaerdaligidan qat’iy nazar o‘zining
kompyuteri orqali o‘qishi mumkinligiga imkoniyat yaratdi.
405
Masofali o‘qitish tizimining turli texnologik komponentalarini
tavsiflaydigan qator atamalari mavjud. G‘arbiy
davlatlarda chop
etilayotgan
adabiyot
va
maqolalarda
quyidagi
atamalar
faol
foydalanilmoqda (G‘arbiy davlatlar atamalari ustida bir muecha to‘liq
to‘xtalamiz, chunki kup hollarda adekvat atamalar rus va o‘zbek tillarida
mavjud emas):
-