279
Bu bosqichlar o‘zida multimediali o‘rgatuvchi dasturlar yaratish
ko‘nikmasini shakllantirishda muhim hisoblanadi. Biror bosqichni
o‘zlashtirmaslik o‘rgatish jarayonini to‘liq bo‘lishini ta’minlay olmaydi.
Agarda biror bosqich bo‘yicha bo‘lg‘usi o‘qituvchida bilimlar avvaldan
mavjud bo‘lsa, unda malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat
paydo bo‘ladi.
Odatda o‘rgatuvchi multimediali dasturiy vositalar yaratish bilan
kompyuter dasturchilari shug‘ullanadilar. Ammo bu dasturchilar o‘zlari
yaratayotgan mahsulot sifati bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lsalarda,
ko‘p hollarda o‘qitish metodikasini yetarlicha o‘zlashtirmagan
bo‘lishlari mumkin. Bu esa o‘rgatuvchi dasturiy vositaning metodik
talablarga to‘liq javob berishini ta’minlay olmaydi. Shu sababdan,
dasturiy
multimedia
mahsulotlarni
yarata
olish
malakasini
shakllantirishda ko‘p bosqichli tayyorgarlikni amalga oshirish zarur.
Ushbu tayyorgarlikning dastlabki bosqichi informatika fanini
o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib, informatikaning
umumiy asoslarini
o‘rganish ommabop dasturlar bilan tanishishni ta’minlaydi.
Boshlang‘ich bosqichda albatta MS Windows qobig‘i va MS Office
dasturiy paketi o‘rganilishi lozim. Bu dasturlarni o‘zlashtirish
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning dastlabki
qo‘nikmalarini shakllantiradi. Bunda grafik qobiqlar bilan ishlash
ko‘nikmasining shakllanishi oddiy va tushunarli dasturlar kompyuter
texnologiyalarining amaliy metodlarini o‘rganishni dastlabki bosqichida
muhim ahamiyat kasb etadi. MS Office komponentlari ma’lum ma’noda
universal sanalgani uchun talabalarni axborot texnologiyalarini
o‘zlashtirishlarida mustahkam asos bo‘ladi.
Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi – grafika dasturlari bilan
ishlashga o‘rganishdan iborat. Bu bosqich
grafikaning turlariga mos
ravishda bir qancha kichik bosqichlarga bo‘linadi:
o
rastrli;
o
vektorli;
o
uch o‘lchamli;
o
animatsiyali.
O‘rganish ketma - ketligi juda muhim emas, ammo animatsiya
asoslari
bilan
tanishishni
statik
grafikaning
barcha
turlarini
o‘zlashtirgandan keyin amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi bosqichdagi kabi grafikani o‘rganishni eng ommaviy
dasturlardan boshlash kerak. Adobe PhotoShop rastrli grafika dasturlari
orasida keng ommalashgan bo‘lib, bu dasturda rastrli rasmlar bilan
280
ishlashning samarali metodlari mujassamlashgan. Bundan tashqari,
mazkur dasturning oxirgi versiyalari vektorli jarayonlarning ma’lum bir
imkoniyatlariga ega. Agarda boshlang‘ich ko‘nikmalar zaruriyati bo‘lsa,
u holda Windows va Office ning standart dasturlari MS Paint va MS
Photo Editor dan foydalanish mumkin. Bu ikki dastur ma’lum bir
doirada PhotoShop ning imkoniyatlari va metodlarini takrorlaydi.
Rastrli grafika vositalarini o‘rganishda urg‘uni
yangi tasvirlarni
yaratishga emas, balki tayyor tasvirlarni tahrirlashga qaratmoq darkor.
Chunki, talaba o‘rgatuvchi dasturlarni yaratishda rassom sifatida emas,
balki tahrirchi, korrektor sifatida kasbiy faoliyat olib boradi. Rastrli
dasturlar birinchi navbatda skaner yordamida olingan yoki Internetdan
olingan tasvirlarni tahrirlashda yordam beradi.
Ommaviyligi jihatdan Corel Draw dasturi ham keng tarqalgan.
Adobe firmasining yanada sodda dasturlaridan biri – Illustrator sanaladi.
Bu ikki dastur vektor grafikasining keng imkoniyatli vositasini tashkil
qiladi. Vektorli dasturlar turli grafiklarni va chizmalarni yaratish,
tahrirlash uchun samarali vositalardir.
Uch o‘lchamli grafika umumiy dasturning majburiy qismiga kirishi
shart emas, chunki u faqat real ob’ektlarni modellashtirishda ishlatiladi.
Ammo, 3D ni o‘rganishni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha
o‘qituvchilar tayyorlash ta’lim mazmuniga
kiritishni tavsiya etish
mumkin. Eng ko‘p tarqalgan uch o‘lchamli redaktorlar sifatida 3D
Studio Max va Maya larni qarash mumkin. Ular uncha murakkab
bo‘lmagan interfeysga ega. Rastrli va vektorli grafika bilan ishlash
bilimlariga ega bo‘lib, uch o‘lchamli grafikada ishlash ko‘nikmasini
tezda o‘zlashtirish mumkin.
Animatsiyali grafikani yaratishni bir- biriga yaqin interfeysga ega
yuqorida keltirilgan dasturlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Ular asosan grafika turlari bilan farqlanadi: rastrli grafika uchun Adobe
ImageReady , vektorli grafika uchun – Corel R.A.V.E., uch o‘lchamli
grafika uchun esa – 3D Studio Max o‘rinlidir.
Navbatdagi bosqichda ovoz bilan ishlash metodlari o‘rganiladi. Bu
yerda ovozlarni yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari muhim
hisoblanadi. Bu masalalarni Sound Forge dasturi yordamida hal etish
mumkin.
Bu dastur ovozni yozish, fayllarni asosiy ovoz formatlariga
o‘tkazishni amalga oshiradi. Undan tashqari, mazkur dastur yordamida
ovozlarni tahrirlash, ovozga maxsus effektlarni qo‘shish imkoniyatlari
ham mavjud. Ovozlarni eshitish uchun ommabop bo‘lgan Winamp
dasturidan foydalanish mumkin. Ammo multimedia mahsulotlarida ovoz
281
namoyish etiladigan dastur bilan integrallashgan bo‘lib,
eshitish uchun
maxsus vositalarni talab etmaydi.
Grafika yaratish va ovoz bilan ishlash bilimiga hamda metodlariga
ega mutaxassis keyingi navbatda multimedia mahsulotlarini namoyish
etish va yaratish vositalarini o‘rganadi. Bunga birinchi navbatda HTML-
dasturlash, ya’ni WYSIWYG dasturlari guruhiga mansub MS Word, MS
FrontPage, Macromedia Dreamweaver bilan ishlash, MS PowerPoint da
namoyishlar tayyorlash kiradi. Shuningdek, murakkabroq bo‘lgan
multimediali interaktiv namoyish yaratish dasturi bo‘lgan Macromedia
Flash, grafika va ovozni qayta ishlash, shuningdek,
animatsiya yaratish
dasturi bo‘lgan Adobe AfterEffect va boshqa dasturlarni tavsiya etish
mumkin. Bu bosqichda talaba o‘zi o‘rgatuvchi multimedia ilovalarini
yaratishni bilishi zarur.
Metodik bosqich bo‘lg‘usi mutaxassisga «qanday va qaysi vositalar
bilan o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazish kerak?» degan savolga
javob berishi zarur. Bu bosqichda ular o‘zlarining grafika bo‘yicha
bilimlari asosida va kompyuterning audio imkoniyatlarini bilgan holda,
qaysi vaziyatlarda axborotlarni qanday uzatish maqsadga muvofiqligini
aniq bilishlari shart.