XII. Mustahkamlash uchun metodlar




Download 236,88 Kb.
bet55/71
Sana13.02.2024
Hajmi236,88 Kb.
#155384
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

XII. Mustahkamlash uchun metodlar:

O’ylantirgich qalpoqlar” metodi. Bu metodda uch xil rangdagi qalpoqlar mavjud bo’ladi:


qizil, yashil va oq. 
O’quvchilar jamoasi ham uch guruhga bo’linadi va ularga nomlar tanlanadi.
Masalan:

1-jamoa: Topqirlar


2-jamoa: Zukkolar 
3-jamoa: Donolar.
O’qituvchi har bir jamoa uchun 3 xil mazmundagi savollar tayyorlaydi. 
Masalan:
1-topshiriq: Misollar ishlash. 
1-guruhga : 2-guruhga: 3-guruhga
7 – 3 = ? 5 + 3 =? 10 – 3 =? 
4 +3 =? 3+ ?= 6 3 + ? = 9
2 – topshiriq: Masala ishlash: 
1-guruhga: Tasavvur qiling, siz bog’da guldasta uchun gul teryapsiz. Savatingizda 2 ta
atirgul bor. Siz yana 3ta chuchmomani savatga soldingiz. Savatingizda nechta chuchmoma bor? 
(Osonroq tasavvur qilish uchun savatcha va gul rasmlaridan foydalanamiz).
2-guruhga: Tarelkada 4 ta shokolad bor edi. Ularning 1 tasi qizil, 3 tasi sariq rangda edi. 
Gulnoza sariq rangdagi shokoladlarni o’zi, ukasi va singlisi uchun oldi. Tarelkada nechta shokolad
qoldi? (Osonroq tasavvur qilish uchun tarelka va shokoladlardan foydalanamiz.) 
3-guruhga.
Olxo’ri shohida 9 ta olxo’ri mevasi bor. Nozima avval mevalardan 2 tasini uzdi. Ularning 
biri hom chiqdi va yana u bitta mevani uzishga majbur bo’ldi. Nozima jami bo’lib nechta mevani
uzdi?

3-topshiriq. Sonlar ishtirokida maqollar tuzish.


Masalan: Sanamay sakkiz dema, o’ylamay o’ttiz dema. 
Yetti o’lchab bir kes.
Yigit kishiga qirq hunar ham oz. 
Bir bolaga yetti mahalla ota-ona.
Topshiriqni bajarish uchun vaqt beriladi. Topshiriq bajarib bo’lingach, jamoadan lider 
tanlanib, javob varaqasini o’quvchiga beradi. O’qituvchi ularning javoblarini muhokama qilib
bo’lgandan so’ng, shartlarni eng to’g’ri va tez bajargan jamoa sardorlariga qizil qalpoqni, ikkinchi 
o’rinda bajargan jamoaga oq qalpoqni, 3-o’rinda bajargan jamoaga yashil qalpoqni hadya etadi.
Qalpoqlar ichida esa estalik sovg’alari bo’ladi. 



Download 236,88 Kb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Download 236,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XII. Mustahkamlash uchun metodlar

Download 236,88 Kb.