158
Erkin Vohidov, Abdulla Oripov
va zamonamiz akademiklari, ko‘pgina
soha olimlari asarlarining to‘liq elektron kolleksiyasidir. Talabalarning
malakaviy ishlari ham O‘zbekistonning madaniy va ilmiy yutuqlarini
aks
ettiruvchi elektron kataloglar, ko‘p matnli ma’lumotlar bazasini
yaratishga bag‘ishlangan. Hozirgi davrda respublikada noyob fondlarni
raqamlashtirish, ma’lumotlarning elektron
bazasi va multimediyali
ensiklopediyalar yaratish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim muassasalari korporativ tarmog‘ining virtual
kutubxonasida hozirda respublikada dolzarb bo‘lgan
turli fan va
texnologiya sohalari bo‘yicha multimedia resurslarini yaratishga katta
e’tibor qaratilmoqda.