Istiqbolda Evropada GAT ni rivojlantirishga to„siqlar




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

7.4. Istiqbolda Evropada GAT ni rivojlantirishga to„siqlar 
 
GAT industriyasiningkeyingi rivojiga qarab geoaxborot malakaviy 
faoliyatining mazmuni va turlari yanada kengayib va detallashib boradi. Shu bilan 
birga Evropada GAT bilan bog„liq faoliyat turlari bugungi kunga kelib 
geoinformatika mutaxassislari bozorida ma‟lum talablarni shakllantirmoqda. Bu 
esa, o„z navbatida, geoaxborot tizimi bo„yicha ta‟lim va o„qitish tizimiga ta‟sir 
o„tkazmoqda. Afsuski, Evropada ham geofazoviy ma‟lumotlar bozori va ayniqsa, 
dasturiy-apparat vositalari bozoridan farqli o„laroq, geoaxborot mehnat bozori 
sohasida qat‟iy tadqiqotlar o„tkazilmadi. Jurnallardagi ushbu mavzuga yaqin ba‟zi 
maqolalar, vaqti-vaqti bilan elektron forumlarda katta tortishuvlar asosidagi 
chiqishlar yoki internet tarmog„ida geoaxborot mutaxassislari bilan ta‟minlash,
katta mansab hamda ish haqi va‟dalari qoidaga binoan kichik bir oqim sifatida 
bo„lib, asosan ma‟lum firma yoki kompaniyalarga tegishlidir. 
Ammo e‟tirof etish zarurki, keyingi yillarda, ayniqsa rivojlangan Evropa 
mamlakatlarida GAT texnologiyalarini egallagan mutaxassislarni ishga 
joylashtirish , ularga tegishli shart-sharoitlar yaratib berish bo„yicha e‟lonlar va 
talablar soni oshmoqda. Taklif etilayotgan bo„sh o„rinlarning aksariyat qismi
geoaxborot xizmatlari ko„rsatish (maslahat berish , GAT loyihalarini ishlab chiqish 
va bajarish, raqamli geofazoviy ma‟lumotlarni ishlab chiqish, tarqatish) sohasida 
band bo„lgan firmalarga to„g„ri keladi. 
Firmalar faolligini rivojlangan davlatlarning asosan GAT texnologiyalarining 
rivojlanish bosqichiga o„tganligi bilan tushuntirish mumkin. Dasturiy 
vositalarning etarli darajadagi kengaygan bozori sharoitida, geoma‟lumotlarning 
boshlang„ich to„planishi va yangilanishi davom etayotgan hamda turli 
darajalardagi hududiy masalalarni hal qilishda «geoaxborotli fikrlash» ga 
o„tilayotgan sharoitda firmalar pastki o„rinni egallaydilar. GAT dan haqiqiy 


184 
foydalanuvchilar umuman turli-tuman dasturiy-apparat vositalarini, ochiq raqamli 
geoma‟lumotlarni etarli darajada tushunmaydilar, GAT ni loyihalash va
ekspluatatsiya qilish tajribasiga ega emaslar. Shuning uchun ham ushbu 
muammolarni ixtisoslashgan geoaxborot firmalari o„zlariga oladilar. 
Geoaxborot xizmatlari bozorini shakllantirgan va xizmat ko„rsatgan, shu bilan 
birga «geoaxborot kasbi» deb nomlash mumkin bo„ladigan kasbni egallagan 
mutaxassislarni ishga taklif etgan holda firma geoaxborot kasblari bozorini 
shakllantirishga faol ta‟sir ko„rsatadi. Ularga asosan GAT -mutaxassislar, GAT -
analitiklar, GAT -dasturchilar, GAT -texniklar va GAT -menejerlar kiradi. 
Maxsus adabiyotlarni o„rganish shuni ko„rsatadiki, ixtisoslashtirilgan 
geoaxborot firmalari asosan tarmoqli yoki hududiy ma‟murlashtirish bilan band 
bo„lgan mahalliy va regional boshqarmalar yoki agentliklarga mo„ljallangan. 
Aynan shular rivojlangan mamlakatlarda GAT texnologiyalardan va raqamli 
geoma‟lumotlardan foydalanish hamda ularni o„zlashtirishning bugungi kundagi 
ommaviy sur‟atini yaratmoqdalar. Turli mohiyatga ega bo„lgan GAT larni 
loyihalashtirganlari va yaratganlari, ularni ekspluatatsiya qilish va rivojlantirishga 
yordam ko„rsatganlari holda firmalar bunday agentliklarni bu ishlarni amalga 
oshirish uchun zarur bo„lgan mutaxassislar shtatlarini ushlab turish zaruriyatidan 
ozod qilmoqdalar. 
Umuman, GAT bo„yicha har tomonlama etuk mutaxassislarni tayyorlash va 
ularni zaruriy ish joyi bilan ta‟minlash Evropa mamlakatlarida ham GAT 
rivojlanishining asosiy to„siqlaridan biri bo„lmoqda. Har tomonlama etuk 
mutaxassis quyidagi imkoniyatlarga ega bo„lishi zarur: 
–predmet va hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan 
muammoning kontseptual geoaxborot modelini ishlab chiqish; 
–jahon standartlari va tendentsiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy GAT 
texnologiyalari (manbalar, geoma‟lumotlarning tavsifi va sifati, usullar, dasturiy-
apparat vositalari, bajaruvchilar va h.k.) va uni amalga oshirish istiqbollarini 
aniqlash; 


185 
–GAT loyihaning axborot ta‟minotini tashkil etish uchun zarur bo„ladigan 
printsiplar, usullar va boshqalarni asoslash, sarflanishi mumkin bo„ladigan 
xarajatlarni va alternativ echimini baholash; 
–GAT loyihani amalga oshirishni tartibga soluvchi avan-loyiha, biznes-reja, 
ishlar dasturi va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish; 
– personal o„quvini tashkil etish va GAT ekspluatatsiyasini olib borish, undan 
foydalanishni tahlil qilish va tajribalarni umumlashtirish. 
«GAT menejeriga o„qitish», bunday kasbiy portretga ega bo„lish o„qitish 
yordamida deyarli mumkin emas, bunga uzoq yillar davomida amaliy tajribalar 
orqali erishish mumkin. Bugungi kunda boshqa geoaxborot kasblariga nisbatan 
GAT-analitik dasturlarni tayyorlash anchagina engil hisoblanadi. Buning uchun 
odatda, predmet (tabiiy-ilmiy yoki gumanitar) yoki lik–texnologik o„quv 
rejalariga axborot kurslari va fanlarni qo„shish etarli bo„ladi. Bu Evropa 
davlatlarida keng tarzda qabul qilingan, keyingi yillarda bu tajribani Rossiyaning 
oliy ta‟limida ham qo„llashga harakat qilinmoqda, ammo bunday o„qitishdan 
olinayotgan biror-bir ijobiy natija haqida gapirishga hali ertadir. 
Evropa mamlakatlarida GATni rivojlantirishning asosiy to„siqlaridan yana 
biri – bu GAT mutaxassisini tayyorlash masalasi bo„lmoqda. Bugungi kunga 
qadar hatto bu kasbning ishchi nomi ham ishlab chiqilmagan. Shunga qaramasdan, 
bunday mutaxassisni tayyorlash nihoyatda muhim bo„lmoqda. Fikrimizcha, 
asosiga geoinformatika qo„yilgan bazaviy kursni o„tagan GAT mutaxassisini 
bugungi geoaxborot bozori talablariga to„la javob beradigan qilib ikkita yo„l bilan 
«olish»mumkin: 
1.GAT lik bilimlari va ko„nikmalarini qo„shimcha egallash hisobiga diplomli 
mutaxassisni muammoli sohaga qo„shimcha o„qitish. 
2.GAT muammoli bilimlar va ko„nikmalarini egallash hisobiga diplomli ni 
kompyuter fanlariga qo„shimcha o„qitish. 
Evropa va umuman chet mamlakatlar geoaxborot bozori uchun bazaviy 
tabiiy-ilmiy, asosan geografik tayyorgarlikka ega bo„lgan mutaxassislarga bo„lgan 
talab katta bo„lmoqda. Bu asosan xorijda bajarilayotgan GAT loyihalarining asosiy 


186 
qismi – ilovalar(tabiatdan majmuaviy foydalanish,tabiiy resurslarni boshqarish, 
ekologik muammolar, yashash muhitini takomillashtirish va h.k.) sohalari bilan 
bog„liq bo„lishi mumkin. 
Geografik tayyorgarlik ancha ixtisoslashgan geoaxborot kasblari o„rtasida 
qadrlanadi. Ularning paydo bo„lishi raqamli geofazoviy


187 
7.1-jadval 

Download 2,58 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Istiqbolda Evropada GAT ni rivojlantirishga to„siqlar

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish