5 - bosqich
Jarayon va
natijalarni
baholash.
Muammoni echishning to‘liq
darajasini,
guruhlar
harakati
strategiyasi, ta’lim oluvchilar
kuchi, manbalardan foydalanish
sifati, ijodiy yondashuv, ishni
davom ettirish imkoniyati, hisobot
sifati va boshqalarni baholaydi
Jamoaviy muhokama orqali ish
natijalari va uning borishi, Shu
jumladan
muammoni
echishning to‘liqlik darajasi va
harakat strategiyasini himoya
qiladilar, baholaydilar
Loyihalashtirish faoliyatini bajarish bosqichlari tahlil qilinadi:
- Tayyorlov bosqichi:
a) loyiha mavzusini tanlanib, uning dolzarbligi, yechilishi kerak bo‘lgan muammo
shakllantiriladi.
b) loyiha maqsadi, predmeti, ob’ekti va vazifalari belgilanib olinadi.
v) loyihalashtirish faoliyati turlari va yechilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar
tayyorlanib, ularni yechish usul va vositalari tanlanadi.
g) loyiha mavzusiga doir adabiyotlar va axborot manbalari bilan tanishiladi.
- O‘quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi.
a) maqsadga erishish ketma-ketligi ishlab chiqiladi.
b) Ish rejasini tuziladi (loyihani ishlab chiqish, rasmiylashtirish, uni taqdimotga
tayyorlash, hisobotni tuzish bo‘yicha topshiriqlarni ishtirokchilar o‘rtasida
taqsimlash, ularni bajarish va tayyor holatga keltirish muddatini belgilanadi).
- Loyihani bajarish bosqichi.
a) kerakli ma’lumotlarni to‘planib, tizimga keltiriladi va tahlil qilinadi.
b) tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish jarayoni (tayyor holatga keltiriladi).
v) yo‘riqnomaga muvofiq loyiha faoliyati to‘g‘risida hisobot tayyorlanadi.
Bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilari amaliy mashg‘ulotda loyihanibajarish
rejasini quyidagicha shakllantiradilar.
Loyihani bajarishning ish rejasi