Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda
Idoralararo kengash
to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Amalga oshirilgan ishlaming yakunlari to‘g‘risida 2006-yilning
1-dekabrigacha 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga
ma’lumot berilsin.
6. Belgilansinki, axborot-kutubxona va axborot-resurs markaz-
lari faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va
homiylaming mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot
vazirligi
bilan birgalikda 2007-yilning yanvaridan boshlab axborot-kutub-
xona va axborot-resurs markazlarida elektron kutubxonalarni
tashkil qilgan hamda ilg‘or axborot texnologiyalarini
tatbiq et-
gan holda ushbu markazlarni kompyuterlashtirish uchun zarur
mablag'lar ajratilishini nazarda tutsin.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari axborot-resurs
markazlarining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashishni
ta’minlasin.
7. 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi zimmasiga:
— axborot-kutubxona markazlarini belgilangan tartibda
«ZiyoNET» axborot tarmog‘iga
bosqichma-bosqich ulash va
ularning resurslariga aholi keng qatiamlarining kirishini
ta’minlash;
— elektron kutubxonalar
tizimini rivojlantirish, kutubxona
axborot resurslarini tizimlashtirish vazifasi yuklansin.
8. 2006—2007-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat ma
daniyat instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universi-
tetida «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» ta’lim yo'na-
lishi bo‘yicha bakalavriat kadrlari
hamda magistratura tegishli
mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash nazarda tutilganligi
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda 0 ‘zbekiston Aloqa va
axborotlashtirish agentligi:
347
www.ziyouz.com kutubxonasi
— bir oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs mar-
kazlari kadrlarini qayta tayyorlash
hamda malakasini oshirishga
nisbatan qo‘yiladigan talablami ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
— elektron darsliklar va kutubxonalar, multimedia tizimlari va
dasturlari yaratihshini ta’minlasin.
9. 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar
va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga
ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish 0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.