15
va boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish hamda chiqarib berish, kelayotgan
axborotni qayd qilish, buxgalteriya va iqtisodiy masalalar va hakazo juda ko’p
masalalarni hal qilishi kerak; bu yerda, vujudga keladigan vaqt muammosi vaqtni
ajratish rejimi yordamida hal qilinadi.
Vaqt ajratish rejimi dasturchining yordamisiz unga maxsus qurilmalar
(terminallar), masalan, pult yoki bosuvchi mashina yordamida ulangan har bir
kishiga yagona mashinadan foydalanishga imkon beradi. U boshqarish jarayonida
ishchi dasturlarini bajarish tartibini o’zgartirishga va turli foydalanuvchilarga
mashinaga bir-biriga halaqt bermagan holda amalda bir vaqtda ishlashga imkon
beradi.
Tizimning jamoa bo’lib foydalaniladigan rejimida ishlashida EHM ning
samaradorligi keskin ortadi, chunki u yanada to’la yuklanad va uning resurslaridan
yaxshiroq foydalaniladi.
Mashina vaqtining foydalanuvchilar o’rtasida bo’linishi ikki yoqlama
amalga oshirilishi mumkin:
- apparatura yordamida; bunda, turli foydalanuvchilar uchun o’zining, faqat
ular uchun mo’ljallangan qurilmalar, ya’ni operativ xotira yoki protsessor kabi
qurilmalar beriladi;
-
programma
yordamida;
bunda,
ayni
bir
qurilmalar
barcha
foydalanuvchilarga belgilangan, ketma-ketlikka mos holda beriladi. Bu holda
foydalanuvchilarning talablari bo’yicha masalani tez hal qilish hisobiga ularda
BHM dan bir vaqtda ishlash mumkinligi tushunchasi paydo bo’ladi, aslida esa
bunda foydalanuvchilarning EHM bilan bog’lanish qurilmasi mashinaning o’zidan
ancha sekinroq ishlagani uchun bir vaqtlilik bo’lmaydi.
TJABT da vaqtning dasturli bo’linishi keng tarqalgan. Bunda