DT ni tizimli (bazaviy) va amaliyga bo’lish qabul qilingan.
Tizimli DT axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish samaradorligini oshirish va ularni
EHM da qo’llash uchun hamda EHM dan foydalanuvchilarga EHM
resurslari bilan ishlash
bo’yicha ma’lum xizmatlarni taklif etish uchun mo’ljallangan.
Amaliy dasturli ta’minot (ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalasini yoki
shunday masalalar sinfini yechish uchun mo’ljallangan (ADT ni ko’pincha
dasturli ilova deb
ataladi).
Tizimli dasturli ta’minot tarkibi 4.2-rasmda ko’rsatilgan.
Tizimli dasturli ta’minot o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Operatsion tizim (OT)
– TDT ning har doimgi, doimiy qismi bo’lib,
u SHK ning turli
rejimlarda samara
li ishlashini ta’minlaydi, dasturning bajarilishini
va foydalanuvchi va EHM
tashqi qurilmalarining o’zaro ishini tashkil etadi.
Servisli dasturlar,
ular foydalanuvchiga v
a uning dasturlariga qo’shimcha xizmatlar
to’plamini
taklif etib, OT ning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Instrumentalli
(vositali) dasturli vositalar, ular DT ni samarali
ishlab chiqish va sozlash
uchun mo’ljallangan.
Texnik xizmat ko’rsatish tizimi, bu diagnostika, jihozlarni tiklash va SHK da nuqsonlarni
topishni yengillashtiradi, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini va axborotlarni
o’zgartirish jarayonlarining bajarilish aniqligini ta’minlaydi.